"Everton" va "Lester" "Lacio" forvardi uchun davogarlik qilmoqda
05 avg 2021 12:10
Yangiliklar
"Everton" va "Lester" "Lacio" forvardi uchun davogarlik qilmoqda
"Everton" va "Lester" "Lacio" hujumchisi Xoakin Korrea uchun taklif tayyorlamoqda.
Angliya klublari 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun 25 million evro va bonuslar taklif qilgan holda, Rim klubi bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.
"Everton" yozda "Real"ga o'tishi haqida mish-mishlar yangrayotgan Risharlisonni yo'qotishi mumkin. "Lester" esa o'z o'rnida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Oldinroq xabar berilganidek, Korreaga "Arsenal" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda. "Lacio" yangi ustozi Mauricio Sarri forvardni jamoasida ko'rmayapti. Korrea o'tgan mavsum rimliklar tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar