"Everton" Evertonni 30 million evroga sotib olishga tayyor
11 jan 2020 10:23
Yangiliklar


"Everton" Evertonni 30 million evroga sotib olishga tayyor
"Everton" hali hanuz "Gremio" hujumchisi Evertonni xarid qilmoqchi.
Mersisaydliklar Braziliya terma jamoasi futbolchisini 30 million evroga sotib olishga rozi.
SHaxsan "Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'zi Evertonning transferiga qiziqmoqda va u bilan telefon orqali muloqot qildi.
23 yoshli Everton - Kopa Amerika-2019ning eng yaxshi to'purari sanaladi. O'tgan yilda unga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirgan edi.
Futbolchining Portu-Alegri klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar