"Everton" braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
04 dek 2019 00:10
Yangiliklar


"Everton" braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
"Everton" klubi futbolchisi Risharlison jamoa bilan hamkorlikni davom ettiradi.
22 yoshli yarim himoyachi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladigan yangi bitimga imzo chekdi.
"Men bu erda uzoq muddat qolishni rejalashtiryapman. "Everton" – menga o'z futbolimni namoyish etishga imkon bergan klub. Bu erda o'ynab Braziliya turma jamoasi tarkibiga kirishga, APLda ko'plab gollar urishga muvaffaq bo'ldim. Muxlislar ishonsini maydonda oqlashga harakat qilaman", – dedi yarim himoyachi.
Eslatib o'tamiz, Risharlison joriy mavsum APL doirasida 14 uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 4 gol va 3 ta samarali uzatma yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar