Eto'O Mourinyu va Gvardioladan birini tanladi
12 jan 2021 21:25
Yangiliklar


Eto'O Mourinyu va Gvardioladan birini tanladi
Samyuel Eto′O “Barselona” va “Inter”da unga murabbiylik qilgan mutaxassislarni taqqosladi.
“Ulardan birini yaxshiroq deb aytolmaymiz deb o'ylayman. Bu uslub bilan bog'liq. Har birida o'ziga xos jihatlar bor, lekin men Mourinyuni afzal ko'raman.
Menga Joze Mourinyuning uslubi ko'proq yoqadi, ammo Pep – top murabbiy, shu tufayli aniq tanlov yo'q nazarimda.
Biroq, shuni ayta olamanki, Joze Mourinyu kabi o'z futbolchilarining ruhiyatini ko'tara oladigan boshqa murabbiy yo'q. Hozirgi davrda ko'plab mutaxassislar paydo bo'ldi, ularni har biri o'ziga xos uslubga ega, ammo motivaciya va o'z futbolchilaridan maksimal darajada foydalanish haqida gap ketganda, unda bu Mourinyu bo'ladi. Men uchun Joze bilan qilingan trebl alohida ahamiyatga ega”, deydi Eto′O.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar