Eto'O futbol muxlislaridan uzr so'radi
06 dek 2022 23:51
Yangiliklar
Eto'O futbol muxlislaridan uzr so'radi
"SHu yilning 5 dekabr kuni JCH-2022 doirasida Braziliya - Janubiy Koreya uchrashuvidan keyin Jazoir termasi muxlisi bilan janjallashib qoldim. O'z xatti-harakatlarimni boshqara olmay, o'z nomim, shaxsiyatimga mos kelmaydigan munosabatda bo'lganim uchun barchadan uzr so'rayman.
Jazoir tomonidan bo'layotgan provokaciyalarga qarshi turishga qattiq harakat qilaman. 29 mart kuni Kamerun - Jazoir uchrashuvidan keyin men ko'plab muxlislar tomonidan haqoratlar va ayblovlarga duch kelyapman. Ushbu jahon chempionati davomida ham kamerunlik muxlislar bu borada jazoirliklar tomonidan taqib qilindi.
O'sha uchrashuvda Jazoir haqli tarzda mag'lub etildi, bu sport principlari va qoidalariga mos ravishda bo'ldi.
Jazoir futbol federaciyasi tomonidan bo'lgan ko'plab yurisdikciya murojaatlariga rad javobi berildi. SHu sababli Jazoir hukumatidan ushbu nosog'lom futbol raqobati bois jiddiy fojea chiqib ketishini oldini olishini so'rab qolardim.
Barchaga tinchlik va muvaffaqiyat tilab qolaman. Mag'lubiyat umidsizlik degani emas. Uni shunchaki ortda qoldirib ketish kerak", - deb yozadi Eto'O o'z instagramida.
Fikrlar