Eto'O aliment to'lamaganlikda ayblanmoqda
04 apr 2015 19:14
Yangiliklar


Eto'O aliment to'lamaganlikda ayblanmoqda
"Sampdoriya" hujumchisi Samuel Eto'O unga 12 yil oldin Enni ismli qiz tug'ib bergan Anna Barrankaga fervaldan beri aliment to'layotgani yo'q.
Eto'O Anna bilan 19 yoshligida tanishgan edi, ammo bir qancha vaqtdan so'ng boshqa ayolga uylangan. Kamerunlik DNK tekshiruvidan so'ng Ennini tan oldi va unga 3 ming evrodan berib turar edi.
Barranko Eto'Oning moliyaviy foydasi ko'payganini bilib undan ko'proq pul talab qildi. Kalyari sudi sobiq "Anji" futbolchisini aybdor deb topdi va u 450 ming evro to'lashi kerakligini malum qildi. Endi Eto'O har oy qizi uchun 10 ming evro ajratadi.

Fikrlar