So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  0 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Etni tirnoqdan ajratib bo'lmaydi Yangiliklar

Etni tirnoqdan ajratib bo'lmaydi

Hammasi shunchaki mish-mish.

Vaqt beshafqat! U hech kimni ayab o'tirmaydi.

So'nggi 1 oyda dunyo futboli Ronaldu atrofida "aylandi". Avval "Manchester Yunayted" bilan bog'liq shov-shuvli intervyu, keyin esa Portugaliya termasi bilan bog'liq gap-so'zlar, umuman, madeyralik superyulduz trendda. 

Mundialdagi bir jihat etiborimni tortdi. Mbappe to'purar, Messi ajoyib o'yin ko'rsatyapti, Gakpo kabi kashfiyotlar tug'ilmoqda, Germaniya va Ispaniya musobaqani tark etdi, ammo OAVning asosiy mavzusi baribir portugaliyalik "egoist" bo'lib turibdi. Hamma, hattoki, Ronalduning o'zi ham hikoya yakunlanayotgani, JCH uning uchun so'nggi katta turnir ekanligini ich-ichidan his qilmoqda. 



Ronaldu xususidagi so'nggi xabarlarni o'qigan bo'lsangiz kerak. Futbolchi SHveycariyaga qarshi o'yinda zaxirada qoldirilgach, murabbiy bilan tortishgani, keyin jamoa bazasini tark etmoqchi bo'lgani xususida xabarlar chiqdi. Bu haqda nufuzli nashrlarning malum qilgani, voqelik haqiqatga yaqin ekanligiga ishora qiladi. Ikkinchi tomondan, Portugaliya futbol federaciyasi bergan bayonot, vaziyat biz o'ylaganchalik jiddiy emasligini ko'rsatadi. 

Keling, vaziyatga mantiqiy yondashsak. Aslida voqelik qanday? Ronalduning xayolidan nimalar o'tayotgani o'ziga va yolg'iz Yaratganga ayon, qolgani shunchaki mish-mish.



"Manchester Yunayted" va Portugaliya termasidagi vaziyat biri-biridan butkul farq qiladi. Roni "Manchester Yunayted"ni qayta qurish uchun olib kelingan. Ten Hag rejalariga kirmadi, klub esa murabbiyni tanladi. Terma jamoadagi vaziyat boshqacharoq, Krishtianu jamoa tarixidagi eng yaxshi futbolchi (taqqoslash uchun, bizda Mirjalol Qosimovdek) unga bo'lgan hurmat va munosabat ham shunga yarasha. Xalqimizda "etni tirnoqdan ajratib bo'lmaydi" degan naql bor, ushbu 4 so'z Ronaldu va Portugaliya orasidagi vaziyatga judayam mos tushadi. Muxlislar, Santush va futbolchilar millat afsonasini rad qila olishmaydi. 


SHuningdek, Krishtianu ham "Manchester"dan farqli, hammasiga qo'l siltab ketolmaydi. Bernardu Silvaning "Biz Ronaldu uchun kubokni yutishga harakat qilamiz" degani, so'zimiznig isboti. Ronalduning o'zi esa "Portugaliya bilan chempion bo'lsam, faoliyatimni yakunlayman" degandi. Keling, xotirjam tarzda hikoya yakunini tomosha qilamiz...

Jaloliddin Xalilov

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика