So’nggi yangiliklar

08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  5 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  27 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11

Etiborsiz qolgan Rustam Akramov Yangiliklar

Etiborsiz qolgan Rustam Akramov

1994 yil Osiyo o'yinlarida milliy terma jamoasiz bosh murabbiyi sifatida zafar quchgan Rustam Akramov ayni payt juda qiyin ahvolda.

Bizga malum bo'lishicha, futbol professori Rustam Akramovich Akramov yotoqdan tura olmaydigan holga kelib qolgan. U kishi 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogidan keyin ruhan siqilish holatiga tushib, hatto insultni boshdan o'tkazdi. Insult bu - bosh miya qon aylanishining kritik buzilishi bo'lib, odam es-hushini yo'qota boshlaydi. 

Buning natijasida hatto boshqalarni tanimaydigan darajaga kelib qoladi. Rustam Akramovda shunday hol kuzatildi. U kishi harakatsiz holatga kelib qoldi, yurishi qiyinlashdi, o'rnidan tursa ham juda sekin qadam tashlab yura boshladi, hozirgi paytda esa yotoqqa mixlanib qolgan. 

Bizgacha etib kelgan malumotga ko'ra, futbol professoridan bugungi kunda faqat u kishining qizi xabar olib turibdi. Rustam Akramovichni kimdir yaxshi ko'radi, kimdir yomon ko'radi, lekin xohlaymizmi-yo'qmi, u kishi o'zbek futboli uchun ko'p hissa qo'shgan mutaxassislardan. 

Afsuski, futbolimizdagi eng yomon illatlardan biri - yoshi o'tganlarni keraksiz buyumdek o'z holiga tashlab, ular holidan xabar olmaslik. Balki O'FA Rustamov Akramov ahvolidan xabar olib turgandir, lekin bu haqda aniq gap aytish qiyin. Har holda u kishini juda nochor holatda deb eshitdik. 

Faxriylar holidan xabar olish avvalo O'FA zimmasidagi ish hisoblanadi. Bugun yaxshi ishlab turgan kadr, ertaga mazasi qochib hech narsaga yaramay qolishi mumkin. Qolaversa, vaqt - shafqatsiz hakam, hammamiz erta-indin qariymiz, kimdir to'shakka mixlanib qolishi mumkin, mana shu payt hech kimga keraksiz bo'lib qolishdan O'ZI asrasin.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика