So’nggi yangiliklar

15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  0 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  0 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  0 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  0 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  2 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  2 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  7 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  13 09:02Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1

Etib keldik-mi? Yangiliklar

Etib keldik-mi?

Bu maqolani yozaymi, yo'qmi deb uzoq o'yladim, oxiri bo'lmadi, demak:
Bugun Aleksandr SHadrin bevaqt oramizdan ketdi. Avvalo hammasi yaratgandan, taqdirdan hech birimiz qochib qutula olmaymiz.

Zavtra mojet ne nastupit ni kogda, projivay kajdyy den kak posledniy. Vremya prevroshhaet sekundy v goda, my vse kogda ni bud tam budem pover mne!

  • Tarjimasi: Balki ertamiz bo'lmas. SHuning uchun har bir o'tayotgan kuningizni so'nggisidek o'tkazing. Soniya yillarga teng, biz barchamiz bir kun u erda bo'lamiz!

Bu gaplarni Sashaning "odnoklassniki" sahifasidan topdim. 2011 yil yozgan ekan. O'zi vafotidan bir necha soat avval ijtimoiy tarmoqda do'stlari bilan gaplashgan.

"Lokomotiv" fan klubi azolarini aytishicha, SHadrin so'nggi paytlar kulib yurgan ekan, "Futbol Med" meni yuragimni kasal deydi, aslida unday emas, soppa sog'man".

Afsuski SHadrini sog' emas ekan, kasal ekan, ammo uning kasali yuragida emas, yurakdan bir necha qarich pastda bo'lgan oshqozonda ekan! Oshqozon kasali odatda bir kunda rivojlanib, o'limga olib kelmasa kerak. Har holda tanishlarim aytishdi. Avvaldan bu kasallik o'z alomatini beradi. Nahot buni "Futbol MED" payqamagan bo'lsa? Nega kasal bolaga o'yinga tushishga ruxsat berdi va qanday yo'l bilan?

Muazzam opaning shahsan o'zi 2 yil avval bir klubdan 15 nafarga yaqin futbolchi nosog'lom chiqqanligini aytgan edi. Ammo o'sha jamoa mavsumni boshlagan, xo'sh qanday qilib o'sha jamoa mavsumni boshladi va nima uchun? Guvohim bor, bir kishiga butunlay futbolni tashlashi kerakligini aytgan. Ammo u ham bugun to'p tepyapti. Ruxsatni qanday olishayotganligi sizga qiziq emasmi?

Meni so'nggi bir oyda qiziqtirayotgan narsa, mashg'ulotlardan keyin futbolchilarni etarli darajada vitamin bilan to'yinmasligi bo'layotgan edi. Bu haqda Odil bilan ham alohida gaplashdim. Nega "Anji" yoki Rossiyaning boshqa bir klubidagi vitaminlar bizning mediklarimizda yo'q? "Lokomotiv", "Nasaf", "Bunyodkor" va "Paxtakor"dan boshqa klublarni "aptechka"sini ochib ko'ring, nima bor-u, nima yo'qligini ko'rasiz. Boridan yo'g'i ko'p.

PFLni tubdan isloh qilish kerak, tubdan! 80% hodimni ishdan olish kerak. Kelishilgan o'yinlarga barham beramiz degan tashkilot, bugun kelishilgan o'yinlarda komissar. Mana sizga syurpriz-u, ana sizga syurpriz!

Jonga tegdiku bunday futbol! Yaqinda bitta legioner aytayapti, "ishtaha bilan kelgan edim chempionatingizga, bu erda uyda g'alaba qozonib, safarda mag'lubiyatga uchrashimiz kerak ekan". Ex....

Futbolchilar sizlarga ham qoyil qolmadim. Oldi sotdiga ketadigan o'yinlarga ajratiladigan pulga yaxshi shifokor, yaxshi bir tibbiy anjomlar, vitaminlar harid qilsa bo'ladi. SHunda har qancha mashg'ulot o'tkazing, sizga kerakli vitaminlarni bersinlar, tetik bo'lasiz. Mana shunda sizdan foyda ko'proq tegadi, nafaqat klubga, balki vatanga. Ko'plab futbolchilar esa tayyor g'alabani qo'lga kiritib mukofot olishga ko'nikib qolganlar. SHu yaxshimi? Hamma bilib bo'ldi, o'yinlar o'yin emas, shouligini.

Sup-e... SHu kerakmidi PFL? Bir necha yil avval Farhod Magometov, PFL endi ikki yoshga to'ldi, 2 yoshga to'lgan bolani oyog'i endi "chiqadi" deb hammamizni ovutgan edi. Ko'rdik oyog'i chiqib yurganini, mana bittasi ketdi...

Birinchi ligani gapirmayman. Toza suv qolib, oqava suvni baklajkaga to'ldirib ichadi. Mehnat qilib birinchi ligada qatnashmoqchi bo'lgan klublarni hakamlar "so'yib" tashlayapti! Bitta hakam nima deydi yaqinda, "bizga ish qolmayapti, ikki jamoa o'zaro kelishib qo'yishyapti". Mana PFL qaerga etib keldi.


Lekin ko'zimiz ochilishi uchun bir kishini vafot etishini kutishimiz shart emas edi.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика