Etakchilik uchun kurash: A Seriya 32-tur prevyusi
09 apr 2022 13:00
Yangiliklar
Etakchilik uchun kurash: A Seriya 32-tur prevyusi
"Inter" - "Verona"
Sariq kartochkalari soni tufayli Lautaro Martines uchrashuvni o'tkazib yuborishi aniq. Biroq Stefan De Vrey to'liq tiklanib ulgurdi, shunday ekan, doimiy uchlikni ko'rishimiz mumkin. Katta ehtimol Lautaroning o'rniga hujumda Aleksis Sanches harakatlanadi. Hozirda jamoada boshqa o'zgarishlar yo'q. Barakning jarohat olishi "Verona" uchun yoqimli holat emas, albatta. SHuningdek, Migel Velozu ham maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Hujumda Kaprari-Simeone juftligini ko'ramiz.
Birinchi davra uchrashuvlarida "Inter" raqibini 3:1 hisobida mag'lub etgandi. Bu gal ham favorit hisoblanmoqda. "Neradzurri" titul uchun kurashmoqda. SHu sababli, ochko yo'qotmaslikka bor kuchi bilan harakat qiladi. Lekin "Verona" ham shunchaki qarab turmaydi.
Inter Nicolo Barella - 22', Edin Dzeko - 30' |
Serie A . 32-tur 09/04/2022, 22:00 0
:
2
Tugadi
|
Hellas Verona |
Stadion: Giuseppe Meazza, 60000 tomoshabin
Bosh hakam: Livio Marinelli
"Kalyari" - "Yuventus"
Valter Madzarrining tarkib bilan bog'liq bir qancha muammolari bor. Bosh murabbiy Nandes va Strotmandan tashqari, Marin va Pavolettiga ham ishonch bildira olmaydi. Hujumda Joao Pedro va Balde Keyta harakatlanadi. O'tgan tur "Inter"dan qabul qilib olingan mag'lubiyat "keksa sinora"ga yaxshigina zarba bo'ldi. Bu ham etmagandek, "Yuventus"ni qator jarohatlar qamrab olgan. Jumladan, o'tgan bahsda De SHilo va Lokatelli shikastlangandi. SHu sababli, markazda Rabo-Zakariya o'ynaydi. Hujumda esa katta ehtimol bilan Vlaxovich va Dibala yordamidan foydalaniladi.
Birinchi davra bahslarida "Yuventus" uyda hech bir qiyinchiliksiz 2:0 hisobida zafar quchgandi. Endi esa safarda o'ynashiga qaramay, "Yuve" favorit hisoblanmoqda. Ha, o'tgan tur muvaffaqiyatsizlikka uchradi, biroq "byankoreri" baribir CHempionlar Ligasiga loyiq ekanini isbotlab qo'yishi lozim.
Cagliari Joao Pedro - 10' |
Serie A . 32-tur 10/04/2022, 00:45 2
:
1
Tugadi
|
Juventus Matthijs de Ligt - 45', Dusan Vlahovic - 75' |
Stadion: Unipol Domus, 13437 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Chiffi
"Napoli" - "Fiorentina"
"Partenopeyclar" uchun quvonarli yangilik Osimxen safga qaytgani bo'ldi. Ammo Di Lorenco va Petanya yana jamoasiga yordam berolmaydi. SHuningdek, Fabian Ruis va Adam Unas ham maydonga tushishi so'roq ostida turibdi, ammo o'ynash ehtimolligi ham yo'q emas. Pentek yaxshi formada emas, shu sababli, "fialkalar" Kabral yordamidan foydalanishadi. Odriosola hali jarohatidan forig' bo'lmadi, shuning uchun, o'ngda Venutti o'ynaydi. "Fiorentina"da boshqa muammolar yo'q.
Birinchi davra o'yinlarida "Napoli" mehmonda 2:1 hisobida g'olib bo'lgan, bu gal ham favorit sanalmoqda. "Fiorentina"ning ahvoli yaxshi, lekin hech bo'lmaganda, durang uchun davogarlik qilishi ham ancha qiyin kechsa kerak.
SSC Napoli Dries Mertens - 58', Victor Osimhen - 84' |
Serie A . 32-tur 10/04/2022, 19:00 3
:
2
Tugadi
|
Fiorentina Nicolas Gonzalez - 29', Jonathan Ikone - 66', Arthur Cabral - 72' |
Stadion: Diego Armando Maradona, 41000 tomoshabin
Bosh hakam: Maurizio Mariani
"Sassuolo" - "Atalanta"
Berrardi maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. SHuningdek, katta ehtimol bilan Jurichich va Romanya o'ynamaydi. Ammo Raspadori va Skamakka yaxshi forma bilan safga qaytishgan. "Atalanta"da ham qator muammolar bor. Jimsiti va Toloyning jarohati tufayli Skalvini himoya markazida o'ynaydi. Biroq oldinda Boga va Muriel bilan harakatlanadigan Ruslan Malinovskiy safga qaytish arafasida turibdi. Ammo o'tgan bahsdan keyin Miranchuk ham o'ynashi mumkin.
1-davra uchrashuvida "Atalanta" uyda g'alaba qozongan (2:1). Mehmonda o'ynashiga qaramay, bergamoliklar bu safar ham favorit hisoblanishmoqda. Umuman olganda, Evropa Ligasidagi qiyin kechgan bahsga qaramay, Bergamo klubi muvaffaqiyatga erishishda imkoniyati yuqoriroq.
Sassuolo Hamed Traore - 24', Hamed Traore - 61' |
Serie A . 32-tur 10/04/2022, 19:00 1
:
2
Tugadi
|
Atalanta Luis Muriel - 90' |
Stadion: Stadio Mapei - Citta del Tricolore, 8000 tomoshabin
Bosh hakam: Juan Luca Sacchi
"Torino" - "Milan"
"Torino"ning tarkib bilan bog'liq muammolari bor. Jumladan, Sanarabiya o'yinni o'tkazib yuboradi. Hujumda Belotti-Brekalo juftligini ko'ramiz. SHuningdek, Prat va Fares o'ynamaydi, Edera esa maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. "Milan" safida Florenci jarohat olgan, qolgan futbolchilarning barchasi jamoasiga yordam berishga tayyor turibdi. Katta ehtimol bilan Leaoning yonida Zlatan Ibragimovich harakatlanadi.
Oxirgi o'zaro bahsda zerikarli o'yin bo'lganiga qaramay, "Milan" 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu gal ham "rossoneri" favorit. "Torino" uyda o'ynashiga qaramay, unga oson bo'lmasligi aniq.
Torino |
Serie A . 32-tur 11/04/2022, 00:45 0
:
0
Tugadi
|
AC Milan |
Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 23472 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Doveri
Sergey Rumyancev
Fikrlar