So’nggi yangiliklar

07:05Миллатлар лигаси. Германия - Венгрия, Немислар йирик ғалаба билан бошлашди, Мусиалада 1+3  0 06:53Миллатлар лигаси. Ирландия - Англия, Райс ва Грилиш собиқ терма жамоаларига гол уришди  0 01:46Миллатлар лигаси. Германия, Греция ва Нидерландиядан йирик ғалаба, Украина эса кутилмаганда Албанияга мағлуб бўлди  0 01:23"Реал" жамоадаги захира ўйинчисининг ҳаракатларидан ҳайратда  4 00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  4 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  3 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  9 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  4 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  8 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  17 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  2 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9

Etakchilarning bari qoqildi, "Yuventus" to'rtinchi - A Seriya 32-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchilarning bari qoqildi, "Yuventus" to'rtinchi - A Seriya 32-tur yakunlari

A Seriyaning 32-tur uchrashuvlari ortda qoldi va unda bir qator qiziqarli bellashuvlar hamda kutilmagan natijalar qayd etildi.

“Yuventus” “Parma”ni engdi

“Atalanta”ga yutqazib qo'ygach, “Yuventus”ning xato qilishga haqqi yo'q edi. Tarkibga Krishtianu qaytdi va aynan portugaliyalik o'yindagi 1-golni urishi mumkin edi. Arturning uzatmasidan keyin berilgan zarbani darvozabon qaytarishni uddaladi. “Parma” ham omadini hujumdan izlardi va hisobni ochishga ham muvaffaq bo'ldi. Braguman jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirdi va Buffon hech nima qilolmadi. “Yuventus” hujumga otildi va mehmonlar darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Avvaliga Dibala aylanma zarbasi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ymoqchi edi, lekin mo'ljalda biroz adashdi, keyin esa Sandroning uzatmasidan keyin Bonuchchi gol urishi mumkin edi. Qizig'i aynan braziliyalik futbolchi muvozanatni tikladi. Kuadrado burchak zarbasini amalga oshirdi, De Ligt to'pni yanada orqaroqqa o'tkazib berdi va to'pni birinchi harakatda o'ziga to'g'rilab olgan Sandro “to'qqizlikni” nishonga oldi. 

Ikkinchi bo'lim avvalida esa Kuadrado va Sandro kombinaciyasiga uchinchi sherikning keragi bo'lmadi. Kolumbiyalik qanotdan ajoyib uzatmani amalga oshirdi va braziliyalik boshi bilan dublni rasmiylashtirdi. SHunady bo'lsada, “Parma” taslim bo'lish niyatida emasdi. Jamoa hisobni tenglashtirishi ham hech gap emasdi. Biroq Pellening zarbasidan keyin darvozaga ketayotgan to'pni Sandro qaytarib yubordi. “Yuventus” esa burchak zarbasidan unumliroq foydalandi. Kuadradoning uzatmasi va De Ligt bu safar to'pni to'g'ri darvozaga yo'llab qo'ya qoldi. SHu vaziyatdan keyin “Parma” bu kecha mag'lubiyatdan qutilib qololmasligi oydinlashdi. “Yuventus” esa yana bir nechta vaziyat yaratdi, ammo bu o'yinda faqatgina jamoa himoyachilari gol urishi kerak edi.


“Inter” kutilmaganda “Speciya” bilan o'yinda ochko yo'qotdi 

G'alaba qozongan taqdirda “Inter” taqibchilardan yanada uzoqlashib olishi mumkin edi, lekin o'yin ancha sokin ruhda start oldi. Vaziyatni Farias jonlantirdi, uning zarbasi kuchli bo'lmagan bo'lsada, Xandanovich bu urinish oldida ojiz qoldi. Gol o'tkazib yuborgach, “Inter” xavfliroq o'ynay boshladi, Lukakudan to'pni qabul qilgan Barella yaxshi zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. “Inter” bosimni davom ettirardi va qaysidir pallada bu ish berdi. Xakimining havodan uzatgan to'pi Perishich ayyorona usulda darvozaga yo'llay oldi. CHempionat etakchisi omadli yurishini davom ettirishga urinib ko'rdi, lekin raqib himoyasi ishonchli o'ynadi.


Ikkinchi bo'limda “Inter” yanada katta kuch bilan hujum qilardi. Vaziyatlardan birida Lukaku himoyachining xatosidan so'ng birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo posbonni addalay olmadi. “Speciya” kiperi shu kuni ajoyib harakat qildi va SHkrinyarning ham xavfli zarbasini qaytarishni uddaladi. SHuningdek Sanchesning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'riga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. “Inter” oxiri gol urishni uddaladi, ammo Lautaro o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi. O'yin oxirida argentinalik texnikasini namoyish etdi va zarba berdi, lekin yana Provedel mahorat ko'rsatdi. Natijada o'yin durang bilan yakunlandi, biroq bu “Inter”ni u qadar xafa qilmadi desak mubolag'a bo'lmaydi. CHempionlik uchun “neradzurri” qolgan 6 o'yinning 3 tasida g'alaba qozonsalar, raqiblar ochko yo'qotmasa ham o'z niyatiga etadi.


“Atalanta” “Roma” bilan uchrashuvda g'alabani qo'ldan boy berdi

 Rimdagi uchrashuvni “Atalanta” mezbondek boshladi. Birinchi xavfli vaziyat Malinovskiyning uzatmasidan keyin Sapata qulay imkoniyatga chiqib borganda yuzaga keldi, ammo hujumchi Lopesni alday olmadi. Ko'p o'tmay Ilichich yaxshi zarba yo'lladi va yana rimliklar kiperi jamoasi joniga oro kirdi. “Roma” o'zini yo'qotib qo'ygandek ko'rinar, “Atalanta” esa bosimni davom ettirib, hisobni ochishga erishdi. Gosensning uzatmasini Malinovskiy darvozaga to'g'rilab yubordi. Ikki daqiqa o'tar-o'tmas Sapata to'pni yana usha Ruslanga tashlab berdi va ukrainalik futbolchi dublni rasmiylashtirishi mumkin edi, biroq Lopes katta qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytara oldi. 

Ikkinchi bo'limda deyarli hech nima o'zgarmadi. “Atalanta” hujum qilar va vaziyatlar yaratardi. Bo'lim avvalida Muriel himoyachilarni dog'da qoldirdi, ammo to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi. “Atalanta” juda ko'p imkoniyatlarni ko'kka sovurdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa Gosens ikkinchi sariq kartochka va qizil olib jamoasini kamchilikda qoldirdi. Ko'p o'tmay “Roma” ustunligidan foydalana oldi, rimliklar amalda birinchi imkoniyatni golga aylantirdi. Brian Kristante chamasi 35 metrlardan darvoza burchagini aniq nishonga oldi. O'yin so'nggida esa har ikki jamoa g'alabani ilib ketishi mumkin, edi ammo hisob boshqa o'zgargani yo'q. Final hushtagi oldidan esa “Roma”da ham chetlatish sodir bo'ldi va uchrashuvni jamoalar teng tarkibda yakunlab qo'yishdi.


“Milan” “Sassuolo”ga yutqazdi

“Rossoneri” “neroverdi” bilan uchrashuvning ilk daqiqalarida o'yinga chanqoqliklarini namoyish eta olishdi. “Sassuolo” qoldirilgan uchrashuvini ham o'tkazgan, shu sababli “Milan” futbolchilari raqibdan jismoniy hollatda ustun bo'lishlari kutilgandi. Biroq birinchi xavfli vaziyat mehmonlar ijrosida amalga oshirildi, Boganing zarbasidan keyin Donnarumma yaqin burchakka ketayotgan to'pni qaytarishni uddaladi. SHunday keyin o'yin tempi ancha tushib ketdi va uni bellashuv oxiriga yaqin CHalxanoglu yana ko'tara oldi. Turkiyalik futbolchi qo'lida to'pni aniq otgandek, darvoza burchagini nishonga oldi. Berrardi darhol javob berishi mumkin edi, lekin Donnarumma yana burchakdan to'pni olib chiqdi.

Tanaffusdan keyin “Milan” yana gol urishga qattiq harakat qildi. Salemarkis va CHalxanoglu uzoq masofalardan zarbalar berishdi, leikn endi Konsilya xatoga yo'l qo'ymasdi. “Sassuolo” kuchini tejar va ha, deganda oldinga tashlanavermasdi. O'yin so'nggi yaqin esa kutilmaganda “Milan” vakillari charchab qola boshladi, aynan shu pallada mehmonlar oxirgi shturmni amalga oshirishdi. Vaziyatlardan birida Raspadori Berrardidan to'pni qabul qilib darvoza to'riga aniq yo'llay oldi. Ushbu juftlik bu bilan to'xtab qolmadi va Berardi qanotda ikki raqibini ortda qoldirib, to'pni markazroqdagi Raspadoriga tashladi, u esa birinchi harakatda Tomorini aldadi va ikkinchisi bilan ustun yordamida jamoasini oldinga olib chiqdi. “Milan” qanchalik harakat qilmasin, qolgan daqiqalar davomida vaziyatni o'nglashning imkoni bo'lmadi. O'yinning asosiy qismi Pioli shogirdlari nazoratida o'tgan bo'lsada, jamoa ochko ham ishlay olmadi. 

SHuningdek, "Fiorentina" "Verona"ni engdi, "Udineze" "Kalyari"ga yutqazib qo'ydi, "Bolonya" va "Torino" murosa ko'chasini tanlashdi.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика