So’nggi yangiliklar

00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 00:28"Эльче" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 00:04"Барселона" — "Бетис". Рафинья, Ямал ва Олмо асосий таркибда  4 23:50"Арсенал" — "Тоттенхэм". Эдегор, Стерлинг ва Сон асосий таркибда  2 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:34"Бавария" — "Хоффенхайм". Сане, Мюллер ва Кейн асосий таркибда  1 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  10 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  9 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  4 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 20:35ПСЖ Jordan брендидан янги либослар тўпламини тақдим этди  0 20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  5 19:51"Нефтчи" назорат баҳсида Сербия клубини мағлуб этди, Искандеровдан гол  16

Etakchilar kurashidagi intriga: A Seriya 22-tur prevyusi Yangiliklar

Etakchilar kurashidagi intriga: A Seriya 22-tur prevyusi

Bugun tunda Italiyada navbatdagi tur start oladi.

"Milan" - "Torino"

"Milan"ning omadsizliklari fonida tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilish zarurligi oydinlashib qolyapti. Pioli yana 3 nafar markaziy himoyachi taktikasiga murojaat qilsa kerak. Asosiy tarkibga Rafael Leao qaytariladi, yana bir variant sog'aygan Zlatan Ibragimovich zaxiradan tushib, o'yinni kuchaytirishi mumkin. 

Ivan Yurichda ham tarkib bilan muammolar yo'q emas. Richchi va Ilich maydonga tushishi katta so'roq ostida. Radonich, Zima va Lazarro bu bahsda "buqalarga" yordam bera olmasligi aniq. Asosiy tarkibga biroz dam olgan Nikola Vlashich qaytsa kerak.

Bu mavsum "Torino" chempionatda "Milan"ni mag'lub etib ulgurdi va "rossoneri"ni Kubokdan ham chiqarib yubordi. SHunga qaramay, "Milan" bazi mutaxassislar uchun favoritligicha qolmoqda, ammo "Torino"ni hisobdan chiqarishga shoshmagan maqul. "Buqalar" chindan kurashuvchan jamoa va "Milan"ga kamida oson bo'lmasligi aniq.


"Yuventus" - "Fiorentina"

Nazariy jihatdan bu uchrashuvda Pol Pogba maydonga tushishi mumkin. Miretti esa jarohat sabab o'ynamasligi aniq, uning o'rnini Fadjoli egallaydi. Katta ehtimol Di Mariyaga dam berilsa kerak, shu sabab Vlaxovichga hujumda Keza yordam beradi. 

Diskvalifikaciya tufayli mehmonlarga Igor yordam berolmaydi. Uning yo'qligini Kvatra bildirmaslikka harakat qiladi. Kabral va Ikone hali to'liq tiklanib ulgurmagan, "Fiorentina" hujumda Yovich va Gonsalesga ishonch bildiradi. 

Birinchi davrada jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan 1-1. Jadvaldagi "qo'shnilar" to'qnashuvida "Yuventus" favorit deyilmoqda. "Fialkalar"ga stabillik etishmayapti. Italyano ko'p ehtimol himoyaviy futbol ko'rsatishga harakat qiladi, "Yuventus" esa ustunlik o'z tomonida bo'lganda, ancha erkin harakat qila oladi. SHunday ekan "Fiorentina" Turindan ochko(lar) bilan qaytishi ancha qiyin bo'ladi.


"Lechche" - "Roma"

"Lechche" tarkibida Demarku va Pongranich jarohat sabab o'ynay olmasligi aniq. Malexning maydonga tushishi so'roq ostida. Yaxshi yangiliklardan Federiko Di Francheskoning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi va u hujumda Kolomboga yordamlashadi. 

Joze Mourino yangi nimadir o'ylab topishi va eksperiment qilishini kutish noo'rin. Hujumda shunchaki El SHaaraviga joy topilishi mumkin. Dibala va Abraxamning o'rni deyarli kafolatlangan. Maydon markazida Matichni ko'rsak ajabmas.


"Roma" birinchi davrada katta qiyinchilik bilan "Lechche"ni 2-1 hisobida taslim etgan. Mourinyu jamoasi safarga ham favorit sifatida yo'l olgan. Jamoa natija uchun o'ynashni biladi, "bo'rilar"ning standartlari esa "Lechche" himoyasi uchun jiddiy bosh og'riq bo'lishi mumkin. "Lechche" katta kuch bilan oldinga borishi, yoki ochiq futbol taklif qilishini kutmagan maqul. Mezbonlar yomon formada emas va Rim jamoasi bilan oxirgacha kurashishlari aniq.


"Lacio" - "Atalanta"

Xabarlarga qaraganda, Kataldi bu uchrashuvda ishtirok eta olmasligi mumkin. SHunday bo'lsa, uning o'rnini endi safga qaytgan Vesino egallaydi. O'ngda Ladzarri o'ynasa, Sarri hujumda Felipe Anderson, Cakanya va Immobile uchligiga umid bog'laydi. 

Melle diskvalifikaciyasi sabab uning qanotida Rudjeri harakat qiladi. Pashalich ham bu o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu esa Bogaga imkoniyat degani. Eng oldingi chiziqda Lukman va Xoylunn raqib darvozasiga tahdid soladi.



"Lacio" birinchi davradagi to'qnashuvda, kutilmaganda, safarda oson (2-0) g'alabaga erishgan. O'z uyida yana kichik ustunlik "burgutlar" tomonida. So'nggi vaqtlarda "Lacio"ning ham, "Atalanta"ning ham o'yiniga savollar etarli. Jamoalar optimal sport formasida emasligi sezilyapti. Bu esa o'z navbatida bizga yorqin, gollarga boy uchrashuvni taqdim etishi mumkin.


"Sampdoriya" - "Inter"

Leris diskvalifikaciya tufayli jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. O'zi bu siz ham Stankovichni tashvishga soladigan muammolar etarli. Jarohat sabab Lammers, Kvalyarella va Gabbyadini o'yinni o'tkazib yuborishlari mumkin, shu sababli hujumda bor umid yosh Majoriniga qaratiladi. 

Mehmonlar yarim himoyachisi Korrea jarohat sabab bir oy maydonga tusha olmaydi, Jekoning ham mazasi yo'q. Vaziyatdan kelib chiqib, "Inter" hujumida Lautaro-Lukaku duetini ko'rsak ajabmas. SHuningdek, sekin-asta sport formasini tiklab borayotgan Marcelo Brozovich ham asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda. Dimarkoning uchrashuvda ishtirok etish-etmasligi so'nggi pallagacha nomalum bo'lib qolmoqda.


Birinchi davrada "Inter" "Sampdoriya"ni ortiqcha muammolarsiz mag'lubiyatga uchratgan 3-0. Hozir ham jamoa Genuyaga g'alaba uchun boradi. "Milan" ustidan g'alaba Inzagi shogirdlari ruhiyatiga yaxshi tomondan tasir qilishi turgan gap, jamoa hali sovrin uchun kurashdan chiqib ketmaganini isbotlash uchun ham astoydil harakat qiladi. "Neradzurri"ga bu turda jamoaning sobiq futbolchisi Deyan Stankovich va shogirdlari halaqit qilishlari qiyin masala.


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика