So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Etakchilar ishonchni oqladi: A Seriya 7-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchilar ishonchni oqladi: A Seriya 7-tur yakunlari

Italiya chempionatida navbatdagi tur o'yinlari ortda qoldi.

"Milan" "Lacio"ni engdi

Takidlash lozim, "burgutlar" o'yinni faolroq boshlashdi. Andersonning xavfli zarbasidan keyin to'p to'rni "uyg'otib yubordi", ammo tashqi tomondan. Bunga Leao individual harakatlari bilan javob berdi, Provedel yaqin burchakka ketayotgan to'pni qaytardi. "Milan" hujumlari bo'lim o'rtalariga kelib xavfliroq tus ola boshladi, ularning eng xavflisi esa tanaffusga yaqin yuz berdi. Jiru qanotdan Teoning uzatmasidan keyin zarba berdi, Reyders esa darvozabon qaytargan to'pni darvozaga to'g'ri yo'llay olmadi.

"Milan" tanaffusdan keyin ham 1-raqam bo'lib harakat qildi va bu oxir-oqibat golga aylandi. Leao to'pni jarima maydonchasiga tashladi, Pulishich esa tezda vaziyatni baholab, havodagi to'pga ajoyib zarba berib, uni to'rga yo'lladi. "Lacio" gol o'tkazib yuborgach, ancha jonlandi va bosim uyushtirishga urinardi. Biroq Sarri shogirdlari aytarli vaziyat yuzaga keltira olishmadi. Faqatgina Cakanyaning uzoqdan bergan zarbasini esga tushmoqda. "Milan" esa ancha xavfliroq hujum qilardi. Provedel qiyinchilik bilan Okaforning zarbasini bartaraf etdi. Ko'p o'tmay, Pulishichda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi va yana golkiper ishonchli o'ynadi. Rimliklar esa raqib darvozasiga chinakamiga xavf sola olishmasdi. Natijada, "Milan" haqli ravishda yana gol urdi. Leao qanotdan katta tezlikda o'tib bordi va to'pni Okaforga uzatdi, u esa birinchi harakatining o'zida amalda bo'sh qolgan darvozani nishonga oldi. "Rossoneri" ishonchli o'yin o'tkazdi, lekin "Lacio"ga savollar tobora ko'payib bormoqda.


"Inter" "Salernitana"ga imkon qoldirmadi

Kutilganidek, "neradzurri" o'yinni faol boshlashdi. Tyuram 5-daqiqada boshi bilan bergan zarbasi ancha xavfli ko'rinish oldi. Birozdan so'ng uning o'zi jarima maydonchasida yiqildi, biroq hakam penaltiga sabab yo'q, deb hisobladi. "Salernitana" ham kam sonli hujumlar uyushtirishga urinardi, ulardan birida Kastanos uzoqdan yaxshi zarba bera oldi. "Inter" esa bo'limning ikkinchi qismida Ochoani unchalik bezovta qilmadi.

Tanaffusdan keyin vaziyatni o'nglash uchun maydonga Lautaro tushirildi va bu o'z natijasini berdi. Tyuram qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydochnasiga yo'lladi, Argentina termasi forvardi esa to'pni darvozabonning ustidan o'tadigan qilib ustalik bilan zarba berdi. Bundan keyin "Salernitana" gol urdi. Lengovskining golli uzatmasidan keyin Kabrala ajoyib zarba berdi, biroq offsayd qayd etildi. "Inter" esa qoidani buzmagan holda gol urdi. Dumfris himoyachi bilan kurashdi va to'pni Barellaga tashlab berdi u esa to'pni a Lautaroga o'tkazdi va Martines nozik zarbasi bilan hisobiga yana bitta to'p yozdirib qo'ydi. "Inter" bosimni davom ettirdi va Tyuramni jarima maydonchasi ichida yiqitishdi. Lautaro penaltidan unumli foydalandi. "Inter" to'xtash niyatida emasdi. Mxitaryan to'pni Karlos Augustoga uzatdi va oxirgi zarbani yana Lautaro amalg oshirdi. Natijada, Martines zaxiradan maydonga tushib, pokerga erishgan A Seriyadagi yagona futbolchiga aylandi.


"Napoli" "Lechche"ni ayab o'tirmadi 

Jamoalar o'yin startida ancha sust harakat qilishardi, lekin birinchi xavfli vaziyatdayoq gol urildi. Zelinski jarima zarbasidan uzatgan to'pni Ostigor darvozaga yo'lladi. Etiborlisi, bu uchrashuvdagi birinchi aniq zarba edi. "Lechche" faollashishga majbur bo'ldi, Krstaich yaxshi zarba yo'lladi, biroq kiper ham jamoasiga pand bermadi. Ko'p o'tmay, burchak zarbasidan keyin Blenda imkoniyat yuzaga keldi, lekin "Lechche" yarim himoyachisi mo'ljalda adashdi. Tabiiyki, "Napoli" ham hujum qilishni unutib qo'ymadi. Simeonening uzoqdan kuchli zarbasi, Angissaning bosh bilan bergan zarbalarini eslash mumkin.

"Napoli" tanaffusdan qaytgach, tezlikni o'zgartirdi. Xvicha katta tezlikda to'p bilan qanotdan oldinga o'tib bordi va jarima maydonchasiga yo'llaganida Osimxen barchadan chaqqonroq harakat qildi. "Lechche" shunda ham taslim bo'lmadi va omadini hujumdan izlardi. Almkvistning uzatmasidan keyin Ramadanining bosh bilan amalga oshirgan zarbasi ayniqsa xavfli tus oldi. Bo'lim oxiriga yaqin Garsiyaning o'yinchi alishtirishi samara keltirdi. Raspadori to'pni Gaetanoga oshirdi va Janluka darvoza burchagini aniq nishonga oldi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Gaetano penalti ishladi va undan Politano unumli foydalandi. "Napoli" yana 4 ta gol urdi va sport formasini tiklab borayotgandek. "Lechche" esa unchalik xafa bo'lmasa ham bo'ladi, ular amaldagi chempiondan hech ham qolishmadi, bazi epizodlarda esa hattoki yaxshiroq ham ko'rindi.


"Kalyari" "Fiorentina"ga imkoniyatni boy berdi 

Mehmonlar uchun o'yin juda og'ir boshlandi. 3-daqiqadayoq Niko Gonsales jarima maydonchasidagi vaziyatdan unumli foydalanib ketdi. Sal o'tib "Kalyari" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Cappa va SHomurodov ikkalasi darvoza tomon chiqib borishdi, ammo yarim himoyachi qulayroq vaziyatdagi hamyurtimizga to'pni oshirish o'rniga, o'zi zarba berdi. Urinish kuchsiz bo'lgani tufayli Koyode "podkat"da to'pni chiziqdan qaytarib yuborishni uddaladi. "Fiorentina" bunga darhol reakciya bildirdi. Gonsales yaxshi zarba yo'lladi, biroq biroz noaniq. Florenciyaliklarning faolligi gol bilan yakunlandi. Koyode to'pni jarima maydonchasi ichiga yo'llaganida Dossena uni qaytaraman deb, darvoza to'riga yo'llab qo'ydi. Tanaffusgacha tablodagi hisob boshqa o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'limda esa "Kalyari" qaysidir vaqt oralig'ida ustunlikni qo'lga oldi va vaziyatlar yarata boshladi. Dossena xatosini to'g'rilashi ham mumkin edi, biroq zarbasiga aniqlik etishmadi. Yana bir qator vaziyatlar bo'ldi, lekin "Kalyari" o'yin oxirida hujumga berilib ketdi va himoyani unutdi. Mondragora ustalik bilan Nzolani qulay vaziyatga chiqarib yubordi va SHomurodovning sobiq jamoadoshi yakuniy hisobni o'rnatdi. "Fiorentina" tomoshabop o'yin ko'rsatmoqda, "Kalyari" esa hamon "uyg'onolmayapti".

SHuningdek, "Atalanta" va "Yuventus" murosa ko'chasini tanladi, "Monca" esa "Sassuolo"ni yutib qo'ydi.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика