So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Etakchilar bahsini hal qilgan futbolchi va murabbiy, "qaldirg'ochdek" parvoz qilgan Sultonovni dog'da qoldirgan Boshnyak - Superligada 16-tur laureatlari Yangiliklar

Etakchilar bahsini hal qilgan futbolchi va murabbiy, "qaldirg'ochdek" parvoz qilgan Sultonovni dog'da qoldirgan Boshnyak - Superligada 16-tur laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 16-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.


OKMK posboni Botirali Ergashev "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Olmaliqliklar darvozaboni ortda qolgan turda qator seyvlarni amalga oshirib, "Olimpik" klubi mag'lub etilishida muhim rol o'ynadi. Raqib to'pga egalik qilish, zarbalar va standart vaziyatlar bo'yicha ustunlikka ega bo'lishiga qaramay, mahoratli futbolchi ishonchli o'yin ko'rsatib, uchrashuvni yuqori notada o'tkazdi va tur darvozaboni deb tan olindi.


"Paxtakor"ning hujumkor yarim himoyachisi Dragan CHeran "Championat.asia" talqinida 16-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

Maydonda o'zining aniq harakatlari bilan ajralib turgan Dragan CHeran "Navbahor" bilan o'yinda nafaqat gol urdi, balki ko'plab vaziyatlarda mahoratini namoyish qila oldi. So'zimiz isboti sifatida, CHeranni hattoki namanganliklar ustozi Samvel Babayan ham o'yindan keyingi matubot anjumanida o'yin taqdirini hal qilgan futbolchi sifatida tilga olganini, keltirish mumkin. 


"Andijon" futbolchisi Armin Boshnyakning "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 16-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

Andijonliklar legioneri "qaldirg'ochlar" bilan uchrashuvning 2-daqiqasida 30 metrlardan ajoyib zarba yo'llab, hisobni ochdi. Bunday vaziyatda to'pga jon holatda otilgan Suhrob Sultonov ham hech nima qila olmasdi.


"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix "Championat.asia" talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Toshkentliklar ushbu turda Namanganda "Navbahor"ni mag'lub etishdi (2:1). Nafaqat turning balki davra, chempionatning muhim o'yinlaridan biri bo'lgan bahsda nafaqat omad, balki mehmonlar ustozining bahsga to'g'ri taktika tanlagani g'alaba omili bo'ldi. 

Umuman olganda, chempionlik uchun kurashdagi raqobat ortganiga qaramay, "Paxtakor" kerakli pallalarda o'z ochkolarini jamg'arib bormoqda va "Navbahor"ni quvib o'tib, yana etakchi bo'lib oldi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика