So’nggi yangiliklar

09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  0 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  0 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  17 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1

Etakchi o'zgardi: A Seriya 17-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchi o'zgardi: A Seriya 17-tur yakunlari

Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

"Kalyari"ni taslim etgan "Inter" etakchiga aylanib oldi

Qizig'i, o'yinni mehmonlar faolroq boshlashgandi. Ilk daqiqalardayoq Xandanovich bir necha bor jamoasini qiyin vaziyatlarda goldan qutqarishiga to'g'ri keldi. "Inter" u qadar ko'p hujum qilmasa-da, birinchi urinishdayoq gol urishni uddaladi. Xakan CHalxanoglu yana bir bor burchak zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirdi, Lautaro Martines esa havodagi kurashda ustun keldi va to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. Keyingi hujumdayoq "Inter" farqni oshirishi mumkin edi, Barellaning uzatmasidan keyin Sanches raqib posboni Kranoni yaqin masofadan dog'da qoldira olmadi. Bo'lim so'ngida Krano jarima maydonchasida Dyumfrisni yiqitdi, lekin Lautaro Martinesning penaltidan bergan zarbasini qaytarib, xatosini darhol to'g'riladi.

Ikkinchi bo'lim boshida Barella-Sanches juftligi baribir o'z so'zini aytdi. Italiyalik maydon burchagida to'p uchun kurashda omadliroq chiqdi va uzatmani amalga oshirdi, chililik esa to'pni erga tushirmay zarba berib, to'qqizlikni nishonga oldi. "Inter" bosimni davom ettirdi, ammo Krano ham yaxshi o'yin o'tkazdi. Biroq u ham "Kalyari"ni to'xtovsiz hujumlardan qutqara olmadi. Aleksis Sanches to'pni CHalxanogluga qoldirdi, turkiyalik yarim himoyachi esa vaziyatni biroz o'nglab, kuchli zarba yo'lladi. "Kalyari" o'ziga kelib ulgurmay, yana bitta gol o'ktazib yubordi. Barellaning maydon markazidan amalga oshirgan zo'r uzatmasidan keyin, Lautaro to'pni o'ziga to'g'riladi va ikkinchi urinishda darvozabonni dog'da qoldirdi. Qolgan vaqt mobaynida "Inter" yana gollar urishi mumkin edi, o'sha Sanchesning o'zi ham darvoza to'sinini poyladi, lekin hisob boshqa o'zgarmadi. "Neradzurri" yorqin o'yin va ishonchli g'alaba natijasida A Seriya etakchisiga aylanib oldi.


"Lacio" "Sassuolo"ga yutqazib qo'ydi 

"Burgutlar" o'yinni keskin hujumlar bilan boshlashdi va mezbonlarni shoshirib qo'yishdi. 6-daqiqadayoq Pedro qanotdan oldinga o'tib, to'pni jarima maydonchasiga etkazdi, u erda Cakanya birinchi urinishdayoq darvozani ishg'ol qildi. Aslida, "Lacio" bosimni davom ettirib, masalani uzil-kesil hal qilishi kutilgandi, lekin buning o'rniga "byankocheleste" o'yin tizginini raqibga topshirdi. "Sassuolo" esa sekin-asta oldinga o'ta boshladi, raqib gol urgan vaziyatga o'xshash holatda Skamakka zarba yo'lladi, ammo Strakosha tashlanib, to'pni qaytarib yubordi. SHomurodovning sobiq jamoadoshi yana bu bilan to'xtamadi va yana bir vaziyatda zarba berdi, bu safar "Lacio"ga ustun yordam berdi.

"Sassuolo" tanaffusdan keyin ham yorqin futbol ko'rsatishda davom etdi. Vaziyatlardan birida Raspadorining pasidan keyin Berrardi 3 raqibga qarshi bo'lishiga qaramay, zarba berishga imkon topdi va Strakosha to'pni qaytara olmadi. "Neroverdi" qon isini oldi va 6 daqiqa o'tib, yana gol urdi. Berrardi va Raspadori bu safar rol almashishdi, tajribaliroq futbolchining uzatmasidan keyin sherigi zo'r zarba bilan "Sassuolo"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu goldan keyingina "Lacio" hujum qilish haqida eslab qoldi va chinakamiga xavfli vaziyat ham yaratdi. Oqibatda Ayxan maydondan chetlatildi, Bashichning esa 22 metrlar masofadan kuchli zarb bilan yo'llagan to'pini to'sin o'ziga qabul qildi. Natijada, "Lacio" yana ochko yo'qotdi, "Sassuolo" esa turdan-turga kuchayib bormoqda.


"Atalanta" safarda "Verona" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Uchrashuv taxmin qilinganidek, xotirjam tempda start oldi. "Atalanta" o'zining sevimli futbolini yo'lga qo'yishda muammolarga duch keldi. "Verona" himoyada ancha tartibli futbol namoyish etardi. Bo'lim o'rtalariga yaqin "mastiflar" endi o'zlari hujumga tashlanishdi. Simeone o'tkir burchakda bo'lishiga qaramay, A Seriyadagi navbatdagi golini rasmiylashtirdi. Darhol Lasanya oradagi farqni oshirishi mumkin edi, ammo Musso bu safar seyv amalga oshirdi va jamoasini qutqardi. SHundan so'ng bergamoliklar hujumga o'tishdi, Miranchukning tovoni bilan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Pashalichda yaxshi imkoniyat bo'lgandi, biroq xorvat darvoza ustunini poyladi. Oradan ikki daqiqa o'tar-o'tmas Miranchukning o'zi katta sahnaga chiqdi, Pecellaning uzatmasidan keyin rossiyalik futbolchi jarima maydonchasida sovuqqonlik ko'rsatdi va to'pni darvozaga yo'lladi.

Tanaffusdan keyin "Verona" nafaqat raqibni o'z darvozasiga yaqinlashtirmaslikka, balki hujumga o'tishga ham urinardi. Tamezda yaxshi vaziyat bo'lgandi, biroq himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. "Atalanta"ning esa omadi chopdi. Jarima maydonchasidan qaytarilgan to'p Kompeynarsga kelib tushdi, futbolchi uzoq o'ylamay zarba berdi, to'p yana "rikoshet" yordamida darvoza burchagidan joy oldi. Simeone muvozanatni tiklashi mumkin edi, ammo uning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Musso chiroyli tashlanishda qaytarishni uddaladi. "Verona" yana bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirgan bo'lsa, "Atalanta" ko'proq hisobni ushlab qolish haqida o'ylardi. Yakunda Gasperini shogirdlari niyatiga etdi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.


"Napoli" "Empoli"ga mag'lub bo'ldi

So'nggi vaqtlarda "Napoli"ning ishlari biroz yurishmayapti. Biroq jamoa o'ziga katta ishonch bilan bu safar maydonga tushgandi. Uchrashuv boshida Elmasda ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi, biroq to'p darvoza to'siniga borib tegdi. Birozdan so'ng, Lozano raqib darvozasi tomon juda xavfli zarba yo'lladi. Lekin bu gal darvozabon jamoasini qutqarib qoldi. "Empoli" tanaffusgacha yorqin hujumlar maqtana olmagan bo'lsa-da, bir epizodda Kutrone uzoqdan bergan zarbasi bilan Ospinani yuqori bor kuchi bilan sakrashga majbur qildi.

Ikkinchi bo'lim ham o'xshash scenariyda o'tardi. "Napoli" faol tarzda bosim o'tkazar, "Empoli" esa qarshi hujumda omadini izlardi. Lorenso Insineda qulay vaziyat bo'ldi, lekin bu safar ham Vikario o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. "Empoli"ning esa amalda birinchi imkoniyatiyoq golga aylandi. Patrik Kutrone burchak zarbasidan keyin baland sakrab boshi bilan Ospina qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. Albatta, "Napoli" o'yin tempini yanada oshirdi, biroq omad "Empoli" tomonida edi. Petanya aylanib olib zarba yo'llaganda ko'pchilik gol deb o'yladi, ammo to'p ustunga tegib qaytdi. Natijada, "Napoli" xavfli vaziyatlarini golga aylantira olmadi va "Empoli" uch ochkoga ega bo'ldi.


"Veneciya" va "Yuventus" durang o'ynadi

Umuman olganda, kutilganidek, "Yuventus" o'yinni faolroq boshladi. Jamoa uchrashuv boshidayoq hisobni ochishi mumkin edi, ammo Kellinining uzatmasini qabul qilib olgan Dibala to'pni darvoza tepasidan o'tkazib yubordi. Uzoq vaqtgacha tashabbus "keksa sinora"ning qo'lida bo'lgan bo'lsa-da, vaziyatlar yaratish borasida biroz omadi kelmadi. Ammo taym o'rtalarida omad unga kulib boqdi: Pellegrinining uzatmasini Morata ajoyib tarzda raqib darvozasiga joylab qo'ydi. "Yuventus" yana gol urishi mumkin edi, biroq qarshi hujumdan so'ng, Kuadradoning zarbasi darovza ustuni yonidan o'tib ketdi. "Veneciya" kam hujum qildi va tanaffusgacha birorta xavfli vaziyat yarata olmadi.

Biroq mezbonlar 2-taymni shiddat bilan boshlashdi. Avvaliga Ampadu zarba berdi, keyin esa Xaps Bentankurdan o'zib ketib, to'pni Aramuga oshirdi. U esa gol urdi va hisob tenglashdi. "Yuventus" darhol jonlandi va mezbonlarga bosim o'tkaza boshladi. Bir pallada Bernardeskida yaxshigina vaziyat bo'ldi va ajoyib zarba bergandi, biroq Romero to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. SHunday qilib, hisob durang natija bilan yakunlandi.

SHuningdek, "Roma" "Speciya"ni mag'lub etdi, "Fiorentina" "Salernitana"ni tor-mor etdi, "Milan" va "Udineze" durang o'ynashdi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика