Estoniya Kubogi o'yinida 31:0 hisobi qayd etildi
01 iyu 2015 11:41
Yangiliklar
Estoniya Kubogi o'yinida 31:0 hisobi qayd etildi
30 iyun kuni, Estoniyada futbol uchun g'alati hisob qayd etildi.
"Payde" va "Raudteetolisedom" uchrashuvida mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 31ta gol urishdi.
Birinchi taymning o'zida mehmonlar o'z darvozasidan 19 marotaba to'p olib chiqdi, ammo ular oxirigacha kurashishdi. Sander Sinilayd va Sander Royvassepp 9tadan gol urishdi. Darvozabon Mart-Mattis Niinepuu penaltini aniq amalga oshirib u ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.
Fikrlar