So’nggi yangiliklar

21:47ЕЧЛ. "Барселона" – "Бенфика". Таркиблар аниқ!  3 21:26"Сурхон" Термизда таништирув маросими ўтказди  1 21:15АПЛнинг учта гранд жамоаси Рафиньяни сотиб олмоқчи  2 20:50Артета АПЛ ёки ЕЧЛдан қайси бирини ютишни кўпроқ хоҳлайди?  1 20:25"Манчестер Сити" Флориан Вирц билан музокараларни бошлади  3 19:59Ван Дейк - ПСЖ билан ўйин ҳақида: "Умид қиламанки, "Ливерпуль" Чемпионлар Лигаси чорак финалига чиқади"  1 19:31Клопп ўзининг энг катта трансфер хатосини айтди  1 19:08Гвардиола Родрига ўринбосар топди  1 18:44"Реал" Модрич ўрнига ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  9 18:20Дарвин Нуньес "Ливерпуль"дан хафа  9 17:58Погба дисквалификацияни ўтаб бўлди ва майдонга қайтиши мумкин  8 17:26Суперлига. 3-тур ўйинлари бошланиш вақтлари  1 17:01МЮ 2 млрд фунт эвазига 100 000 ўринли янги стадион қурилишини эълон қилди  10 16:37Муҳаммад Салоҳ "Барселона"га ўз хизматларини таклиф қилди  22 16:01Ўзбекистон U-23 термаси Хитойда, унинг захира жамоаси эса Туркиядаги халқаро ўйинлар ўтказади  9

Essiz shuncha gaplar… Yangiliklar

Essiz shuncha gaplar…

Tanqidni kelajak mevasi deyishadi. Haqiqatdan ham tanqid kelajak mevasi, faqat u xolis tanqid bo'lsa.

Lekin yana bir haqiqat borki, agar u bo'lmasa tanqid hech qachon mevaga aylanmaydi. Bu xafsala. Aniqrog'i, tanqidni to'g'ri qabul qilish va aytilgan kamchiliklarga xafsala bilan yondoshish. Bizda bu hozir eng katta kamchiliklardan biri bo'lib turibdi.

Inson shunaqa - tanqidni deyarli hech kim to'g'ri qabul qila olmaydi. Tanqidga kamida juda oshirvoribsan yoki mening sharoitimni qaerdan bilarding, degan javob qaytariladi. Deyarli hech kim rahmat, kamchiliklarimni aytding, endi shunga qarab ishlayman, demaydi va bu qaysidir manoda tabiiy holat. Aslida inson shunday javob qaytargani ham maqul. Boisi, CHunki bunday xarakterdagi insonlar sizga etiroz bildirgani bilan keyingi safar xato qilmaslikka harakat qiladi. Aksincha, tanqidingizga munosabat bildirmagan, bexafsala insonlardan xavotir olish kerak.

SHu yil yozgan maqolalarimning birida futbolimiz ayrim rasmiylarining faoliyatini “qog'ozga o'rab” tanqid qilgandim. Maqola gazeta va saytlarda chop etilgach, futbolimizda faoliyat ko'rsatayotgan boshqa bir rasmiy inson qo'ng'iroq qilib, fikrlarim uchun iliq iliq munosabatda ekanligini bildirdi. Keyin “Nima deb o'ylaysiz, bu tanqidlar tasir qilarmikan”, deya so'rasam, “Sen qog'ozga o'rab tanqid qilibsan, bu insonlar ochiq tanqidlarni tushunmayapti-ku?! Qolaversa, tanqid qilinganini bilish uchun ular yo gazeta o'qishi kerak yoki internetga kirib, futbolga ixtisoslashgan saytlarni kuzatishi lozim. Agar sen tanqid qilgan insonlar OAVning shu ikki bo'g'inida nimalar yoritilayotganidan xabardor bo'lib turgan taqdirda ham tanqidga javob berishi qiyin edi”, - degan javobni oldim.

Futbolimiz kecha yoki bugun tanqid qilinayotgani yo'q. Ancha yillardan buyon tanqid ostiga olib kelinadi. Lekin o'zgarishlar deyarli kuzatilmayotgani ham ayni haqiqat. OAVni asossiz tanqid qilishda ayblashadi. Xo'p, biz asossiz tanqid qilar ekanmiz, aytingchi, futbolimiz bu yil nimalarga erishdi? Dastavval, milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogining chorak finalida kurashni to'xtatdi. Keyin Osiyo CHempionlar Ligasida ishtirok etgan to'rttala klubimiz ham guruh bosqichidayoq musobaqani tark etdi. Oliy liga, birinchi liga, O'zbekiston Kubogi bahslari ham odatdagidek boshlandi va yakunlandi. Uzr, shu erda bir haqiqatni tan olmasak bo'lmaydi, oliy liga klublari mutasaddilari yil boshida kelishmaslikka kelishib olib, muxlislarga “toza” futbol namoyish qilib berishga harakat qilishdi. Lekin yakunda nima o'zgardi? Hammasi o'sha-o'sha - “Paxtakor” chempion, “Lokomotiv” kumush, “Nasaf” bronza va “Bunyodkor” to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi. Birgina farq – “Nasaf” ko'p yillik urinishdan so'ng Kubokni qo'lga kiritdi. Eng yomoni, o'sha kubok deb, jamoa chempionlik kurashidan chetga chiqib qoldi.

Birinchi ligada nima o'zgardi? Musobaqa ishtirokchilari orasida sof oliy liga klublari bo'lmagani tufayli “Obod” va “Oq-tepa”ni oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogar sifatida qaraldi. Oxir-oqibat shunday ham bo'ldi. Eng qizig'i, o'tish o'yinida oliy liga klubi g'alaba qozonishi taxmin qilingandi va bu taxminlar ham o'zini oqladi. Ikkinchi bosqichda jamoalar safar o'yinlariga mablag' topa olmay, bormay qo'ya qolishganiga ham guvoh bo'ldik. Demak, hech qanday o'zgarish yo'q. Yoki birinchi bosqichdan keyin “kuchli sakkizlik” deya etirof qilinadigan o'rinlarga ilina olmagan klublar liga bilan bir yo'la xayrlashib qo'ya qolishdi. Ilgari jamoalar hech bo'lmasa pulka bahslarida maydonga tushishardi. Endi bunisini ham o'tkazilmadi. Futbolimizni rivojlantirish yo'lini qarangki, jamoalar yarim yildan keyin hech qanday musobaqada qatnashishmasa?! Natijada klub faoliyatini to'xtatib qo'ya qolsa?! Qiziq-a!    

Taqvim eng katta muammolarimizdan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. FIFA, OFK bir necha yillik taqvimlarni oldindan tuzib, bizga qulaylik yaratib qo'ygan bo'lsa-da, biznikilar hali ham yo'l-yo'lakay taqvim tuzaveradi. Bu odat 2015 yil ham o'zgargani yo'q. Hammasi odatdagidek davom etdi. Terma jamoalar sababli yil boshidan taqvim o'zgardi. Keyin kubok o'yinlari, so'ng yana terma jamoalar. Orada Kubokning navbatdagi bosqichiga chiqib qo'yib, taqvim tuzuvchilarning rejasidan tashqari ish qilgan birinchi liga klublarining ham o'yinlari sanasiga o'zgartirishlar kiritildi va yozning qoq chillasida suniy maydonga chiqib to'p tepishdi. Terma jamoa murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lgach, yana sanalar o'zgartirildi. Kubok finalidan tortib, bir vaqtda boshlanishi lozim bo'lgan so'nggi tur o'yinlarining muddatlari ham istalgan paytga almashtirildi. O'tish o'yini degan ortiqcha o'yinning o'tkazilish muddatiga ham so'nggi kunlarda oydinlik kiritildi. Anig'i shuki, bu o'zgarishlarning aksarida qaysi tarafning manfaati turganini tushuna olmay halak bo'ldik.

Har yili tanqid qilinsa-da, oliy ligada hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q. O'tgan mavsum ishtirokchilar soni oshirilgani keskin tanqid ostiga olingandi, ammo rasmiylar etibor bermaslikka harakat qilishdi. Oqibati nima bo'ldi? Hammasi o'zgarishsiz – autsayderlar autsayderligicha qoldi, o'rtahollar markazdan yuqoriga ham chiqmadi, quyiga ham tushmadi. Oqibatda kuchli to'rtlik o'z o'rnida qoldi.

Aytgancha, o'smirlar va yoshlar terma jamoamiz odatdagidek Osiyo chempionatining final bosqichiga yo'l oldi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi yoshlarimiz jahon chempionatining chorak finaliga qadar etib keldi. Milliy terma jamoamiz jahon chempionatining saralash o'yinlarining debyutidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng ketma-ket beshta o'yinda g'alaba qozonib, barchamizni xursand qildi. SHunisiga ham rahmat! Lekin shuni unutmaslik kerakki, biz xo'rozqand eydigan yoshdan o'tganmiz.

Eng qizig'i esdan chiqibdi, O'zbekiston Kubogi va chempionligini qo'lga kiritgan jamoalarni taqdirlash marosimi yodda qolarli bo'ldi. OAV tomonidan qilinayotgan tanqidlar “samara” beryapti chog'i, taqdirlash marosimi yildan-yilga “kambag'allashib” bormoqda?! Bekorga “Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga”, demaydi dono xalqimiz!

O'ylab qaralsa, futbolimizda qandaydir o'zgarishlarni amalga oshirish uchun tanqid qilishga hojat qolmabdi. Sababi, tanqid bilan ish bitganida allaqachon rivojlanishning birinchi bosqichidan o'tib bo'lardik. Yoki sabzi eb bo'y o'sganida quyon jirafaga yaqinlashib qolardi. Quyon sabzi eb hech qachon bo'y borasida jirafaga etib ololmaganidek, bu ketishda futbolimiz tanqidlar bilan biror bir yutuqqa erisha olmaydi, shekilli?! O'zgarishlar bo'lishi uchun endi to'rtinchi hokimiyat bo'lgan OAV tanqidlari kamlik qiladi. Bu yog'iga faqat amaliy choragina nimanidir o'zgartirishi mumkin. O'sha amaliy choralarni futbolimiz rahbaridan kutib qolamiz!

Furqatbek NISHONOV  


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика