So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  0 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  4 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Eskilar birin-ketin ketmoqda Yangiliklar

Eskilar birin-ketin ketmoqda

Teglar :  O'FFo'zbek futboli
Futbolda futbol kishilari ishlashi kerak. Futbol boshqacha soha, futbolni tushunmay futbolda ishlab ketish qiyin. Buni misollarda ko'p bora ko'rganmiz.

O'zbekiston futbol federaciyaga yangi Prezident tayinlanganidan beri oradan bir oy vaqt o'tdi va shu qisqa vaqt ichida katta o'zgarishlarga guvoh bo'ldik. Bu eng avvalo kadrlar masalasi bilan bog'liq. Dastlab Buxorodagi xatolari tufayli Rustam Bobomurodov butunlay hakamlikdan chetlatildi. Keyinchalik G'uzordagi o'yinni boshqargan Olim Tolibjonov o'nta o'yinga hakamlikdan chetlatildi. Oradan ko'p o'tmay, "Obod" oliy ligadan chetlatildi. 

Kuni kecha PFL bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Farhod Magometov, bugun esa kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash bo'limi boshlig'i Ahrol Inoyatov o'z vazifalaridan ozod etildi. Albatta, bu o'zgarishlar kishini xursand qiladi, endilikda muxlislarimiz ham futbolimiz kelajagiga umid bilan qarashmoqda.

Lekin shu o'rinda bir savol tug'iladi: O'FF ketganlar (ishdan bo'shatilganlar) o'rnini munosib tarzda yopyaptimi? Yangi kadrlar futbolni qanchalik tushunadi va qanchalik qiziqadi? Agar biz mana shu kabi savollarga hozir to'g'ri javob bermas ekanmiz, o'zbek futboli kelajagi borasida yana savollar yuzaga kelaveradi. Bir narsani unutmaylik: jamiyatdagi har bir soha rivojida birinchi navbatda kadrlar muhim o'rin tutadi. 

Yurtimizda juda ko'plab sobiq futbolchilar, hatto "Pro" licenziyasiga ega murabbiylar, hushtakni bir chetga qo'ygan hakamlar bor, ammo ular hozir qaerda? Nima ish qilishyapti? O'FFning yangi rahbariyatiga omad tilagan holda shuni aytish mumkinki, PFLning yangi bosh direktori Omon G'ofurov futbol jamoatchiligi uchun qanchalik malum degan savol yuzaga keladi. PFL - ichki futbolimiz yuzi, tashkilotni boshqarish nihoyatda masuliyatli vazifa hisoblanadi, ko'p jihatdan futbolimizning qanchalik ilgarilashi mazkur tashkilotning ishiga bog'liq. SHunday ekan, biz aytaylik, Omon G'ofurov misolida ichki chempionatimiz ertangi kuniga umidvor ko'z bilan boqsak bo'ladimi?

Yuqorida aytib o'tganimizdek, bo'layotgan o'zgarishlardan xursandmiz. Ammo yangi kadrlar borasida ham bir qator savollar yuzaga kelayotgani bor gap. Maqsadimiz, O'FF olib borayotgan siyosatni tanqid qilish emas, balki ayrim savollarga javob olishdir. O'z vaqtida Ser Aleks Fergyuson aytganidek, birovni ishdan bo'shatayotganda obdon o'ylab ko'rgan maqul, zero uning o'rniga keladigan yangi kadr oldingisidan kuchli bo'lmasligi mumkin.

X.Xoliqov. 


Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика