Eshpiritu Santu "Tottenxem" vakillari bilan uchrashdi
25 iyu 2021 00:13
Yangiliklar
Eshpiritu Santu "Tottenxem" vakillari bilan uchrashdi
"Tottenxem" bosh murabbiyligi uchun Nunu Eshpiritu Santu asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, garchi tomonlar bir marta muvaffaqiyatsiz muzokaralar o'tkazgan bo'lsa-da, murabbiy "shporlar"ni boshqarishni istamoqda. SHu boisdan u klub prezidenti Daniel Levi hamda klubning yangi sport direktori Fabio Paratichining takliflarini o'ylab ko'rishga tayyor turibdi.
Eshpiritu Santu 4 yildan buyon Angliyada ishlamoqda. O'tgan mavsumda uning qo'l ostidagi "Vulverxempton" APLda 13-o'rinni egalladi.
Fikrlar