Eshli Koul: "Urilmagan penalti uchun Jerrarddan kechirim so'ramoqchiman"
07 noy 2016 18:45
Yangiliklar
Eshli Koul: "Urilmagan penalti uchun Jerrarddan kechirim so'ramoqchiman"
"Kolorado"ga qarshi bahsdan keyingi penaltilar seriyasida gol ura olmagan "Los-Anjeles Gelaksi" himoyachisi Eshli Koul jamoadoshi Stiven Jerrarddan uzr so'radi.
"Bu mavsum uchun "Gelaksi"ga aloqasi bor barchaga rahmat aytmoqchiman, ayniqsa Jerrardga va undan kechirim so'rash niyatidaman.
Kelajakda nima bo'lishini bilmayman, lekin Jerrard bilan bir klub va terma jamoada o'ynash men uchun sharaf. Haqiqiy jentlmen va afsona" - deydi Koul.
Fikrlar