Eshitdik-da: Usmon Toshev tez orada O'FAda ish boshlaydi
07 okt 2021 14:10
Yangiliklar
Eshitdik-da: Usmon Toshev tez orada O'FAda ish boshlaydi
Taniqli mutaxassisga O'FAdan taklif bo'lgani haqida gap-so'z tarqaldi.
Usmon Toshev hozirgi paytda "Nurafshon" (sobiq "Buxoro") futbol klubining bosh direktori sifatida ishlab kelayotganini yaxshi bilasiz. Malum bo'lishicha, ushbu mutaxassis yaqin kunlarda Toshkentga keladi va O'FAda ish boshlaydi.
Usmon Qudratovichning O'FAda Terma jamoalar bo'limi boshlig'i sifatida ish olib borishi kutilmoqda. Xabaringiz bor, mazkur bo'limni Aziz Haydarov boshqarib kelayotgandi, biroq JCH saralashdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Haydarov o'z xohishiga ko'ra O'FAdan ketganidan beri bu lavozim egasiz qolyapti. SHu bois O'FA Usmon Toshevga Terma jamoalar bo'limini boshqarishni taklif etgan.
Voqealar rivoji qanday tus olishini vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar