So’nggi yangiliklar

16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  7 14:50"Арсенал" 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 14:25ЖЧ йилида ПФЛ режаларида ўзгаришлар бўлиши мумкин: ташкилот 3 та вариантни илгари сурди  2 14:12Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғин бошлади  0 13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  1 13:31"Андижон" "Қўқон-1912" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 13:17"Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  1 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  8 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  12 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  8

Eshitdik-da! Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvi o'tadigan stadionning tegishli hujjati yo'q ekan Yangiliklar

Eshitdik-da! Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvi o'tadigan stadionning tegishli hujjati yo'q ekan

Xabaringiz bor, 16 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Turkmaniston mehmoni bo'ladi.

O'yin Ashxobod shahridagi suniy maydonga ega "Ashxobod" stadionida bo'lib o'tadi. Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, mazkur stadionning FIFA sertifikati yo'q ekan. Aslida bu sertifikat olish uchun stadion har 3 yilda tekshiruvdan o'tkazilishi kerak. Jahon chempionati saralashi reglamentiga ko'ra, agar sertifikat taqdim etilmasa komissarda o'yinni boshqa stadionga ko'chirishni talab qilish huquqi mavjud. Masalan, Turkmanistondagi "Kopetdog'" stadioni tabiiy maydonga ega. Suniy maydonda umuman o'ynash kerak emas demayman, lekin suniy maydonning ham turlari ko'p. Meksikaga qarshi AQSHdagi bahs ham suniy maydonda o'tgandi, uning sifati umuman boshqa darajada edi. "Ashxobod" stadioni maydonida esa juda ham ko'p chuqurchalar bor va bu to'pning yurishiga ko'p bor xalal beradi.

Yaqindagina "Paxtakor" OCHL doirasida "Ahal"ga qarshi bahsni aynan shu stadionda o'tkazgandi. O'sha o'yindan keyin futbolchilar ham, bosh murabbiy ham maydon holatidan norozi bo'lishgandi. Muxlislar esa buni bahona sifatida qabul qilishgandi xolos. Endi milliy terma jamoamiz oldida aynan shunday muammo paydo bo'lmoqda. O'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasi KXDR (2:4) va Falastin (0:2) bilan o'yinlarni ham suniy maydonda o'tkazgani yodingizda bo'lsa kerak. Qizig'i har ikkala bahsdagi mag'lubiyatlardan keyin bosh murabbiy ishdan ketgandi.

Juda ham sifatsiz maydonni OFK qabul qilgani va Osiyo chempionlar ligasidan so'ng endi Jahon chempionati saralash bahslarini ham shu stadionda o'tkazishga ruxsat berayotgani g'alati holat. O'zbekiston bo'lajak o'yinda g'alaba qozongan taqdirda ham futbolchilarimizda bel va mushak og'riqlari, kutilmagan jarohatlar paydo bo'lishi mumkinligi tashvishga solmoqda. Zero, bizni 21 noyabr kuni Eronga qarshi muhim o'yin kutib turibdi.

O'FA bu borada Turkmaniston FF va OFKga murojaat qiladimi yoki yo'qmi, hozircha bilmaymiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика