Eshitdik-da! Srechko Katanec terma jamoa bilan birga AQSHga ucha olmadi
08 sen 2023 11:31
Yangiliklar
Eshitdik-da! Srechko Katanec terma jamoa bilan birga AQSHga ucha olmadi
Terma jamoa Toshkent - Istanbul - Atlanta - Sent Luis yo'nalishida parvoz qildi. Biroq championat.asia sayti malumotiga ko'ra, bosh murabbiy Srechko Katanec Istanbul aeroportida olib qolingan. Bunga sloveniyalik murabbiyning pasportidagi ko'plab Osiyo davlatlariga kirish vizasi sabab bo'lgan va Katanec qo'shimcha tekshiruv uchun Istanbulda olib qolingan.
Undan oldin O'zbekiston terma jamoasi o'tirgan samolyot Toshkentdan uchishda 2 soat kechikkani uchun Istanbulga kech borgan va buning natijasida Atlantaga uchadigan samolyotga kechikkan hamda Turkiyadagi mehmonxonada bir kecha qolishga majbur bo'lgandi.
Biz ko'plab kutilmagan qiyinchiliklarga qaramay O'zbekiston milliy terma jamoasiga AQSH va Meksika bilan o'yinlarda omad tilaymiz. Srechko Katanec tez orada AQSHga uchib borishiga umid qilamiz.
Fikrlar