Eshitdik-da! SHerzod Karimov ikkinchi davrani "Navbahor"da boshlashi mumkin
18 apr 2018 15:17
Yangiliklar
Eshitdik-da! SHerzod Karimov ikkinchi davrani "Navbahor"da boshlashi mumkin
"Lokomotiv" yarim himoyachisi SHerzod Karimov yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
Eshitishimizga qaraganda futbolchi faoliyatini Namanganning "Navbahor" klubida davom ettirishi kutilmoqda. Bu jamoani ayni paytda Ilhom Mo'minjonov boshqarmoqda. Jamoa sport direktori Anvar Soliev "Paxtakor"da SHerzod Karimov bilan birga o'ynagan.
Yil boshida "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzgan SHerzod Karimov bu mavsum Superligada faqat bir marta maydonga tushdi. "Metallurg" bilan uchrashuvda 62 daqiqa harakat qilgan Karimov boshqa futbolchiga almashtirilgandi.
Kechagi matbuot anjumanida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev SHerzod Karimov borasida berilgan savolga quyidagicha javob bergandi: "Karimov oxirgi paytlar mashg'ulotlarda asosiy tarkib uchun kurashmayapti".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar