Eshitdik-da! "Qo'qon-1912" Bubanyaga qiziqmoqda
21 jan 2021 12:18
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Qo'qon-1912" Bubanyaga qiziqmoqda
Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish bilan birga tarkibni kuchaytirishda ham faol bo'lishga intilishmoqda.
Bugungi kunda Toshkentda yig'in o'tkazayotgan "Qo'qon-1912" klubi o'zbek futboliga begona bo'lmagan legionerni tarkibga qo'shib olishi mumkin.
"Championat.asia" saytiga malum bo'lishicha, qo'qonliklar serbiyalik futbolchi Vladimir Bubanyaga qiziqishmoqda. Tomonlar kelisha olishsa markaziy himoyachi yangi mavsumni Baxtiyor Ashurmatov qo'l ostida o'tkazishi mumkin.
Bubanya o'tgan mavsum "Surxon" tarkibida birinchi davrada 7ta o'yinda maydonga tushgan.
Eslatib o'tamiz, serbiyalik himoyachi 2018 yil aynan Baxtiyor Ashurmatov boshqargan AGMK jamoasida to'p tepgan va O'zbekiston kubogida g'olib chiqqan.
Ivan Yosovich: "Yangi mavsumni "Qo'qon-1912"da boshlashimdan xursandman"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar