Eshitdik-da! "Paxtakor" Turg'unboevni qanchaga sotib olgani malum
30 jan 2021 15:46
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Paxtakor" Turg'unboevni qanchaga sotib olgani malum
"Navbahor" yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev kuni kecha Toshkentning "Paxtakor" klubiga ko'chib o'tdi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Toshkent klubi futbolchining transferini sotib olish uchun "Navbahor" hisob raqamiga 250 ming AQSH dollari o'tkazib bergan.
Malumot uchun, "Paxtakor" Aziz Turg'unboev bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. 27 yoshli futbolchi hozirgacha Superligada 110 o'yinda ishtirok etib, 26 gol muallifiga aylangan.
Kecha saytimizda "Navbahor" "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'zievni 80 ming AQSH dollariga sotib olgani haqida xabar bergandik.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar