Eshitdik-da! "Olimpik" futbolchisiga Rossiya va Germaniya klublari qiziqyapti
12 dek 2022 17:35
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Olimpik" futbolchisiga Rossiya va Germaniya klublari qiziqyapti
Gap Abdurauf Bo'riev haqida boryapti.
"Olimpik" va O'zbekiston U-23 terma jamoasida "qora ish"larni bajarishga ixtisoslashgan o'yinchiga xorijdan qiziqish bo'lyapti. Xususan, "Rostov" vakillari Bo'rievning potencialini o'rganishmoqda. Bundan tashqari, 20 yoshli xavbek Yaponiya va Germaniyaning 2-divizionidan aniq taklif olgan...
Biroq, Abduraufning o'zi Toshkentni tark etmoqchi emas. U yana bir yil Timur Kapadze qo'l ostida o'ynab, tajriba to'plamoqchi. Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev malumot berdi.
Eslatib o'tamiz, Bo'riev tayanch zonasidagi ishonchli harakatlari tufayli 2022 yilgi mavsum yakunida Superliga ramziy jamoasiga kiritilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar