Eshitdik-da! Maxaradze "Lokomotiv"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2018, 13:14
"Lokomotiv" klubi bilan uch marta O'zbekistoni chempioni bo'lgan gruziyalik yarim himoyachi jamoadan ketdi.

Eshitishimizga qaraganda, Kaxi Maxaradzening "temiryo'lchilar" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgan. Hozircha uning yangi klubi nomi ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, Maxaradze 2009-2010 va 2016-2018 yillarda "Lokomotiv" tarkibida o'ynadi. 2011-2015 yillarda esa "Paxtakor" sharafini himoya qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia