Eshitdik-da: “Legiya” Yaxshiboev bilan qiziqmoqda
06 fev 2021 21:25
Yangiliklar


Eshitdik-da: “Legiya” Yaxshiboev bilan qiziqmoqda
Polshaning “Legiya” jamoasi o'zbekistonlik hujumchi Jasurbek Yaxshiboevni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Bizga malum bo'lishicha, tomonlar ushbu masalada muzokara olib bormoqda.
“Legiya” Polshaning o'tgan mavsum chempioni hisoblanadi.
Yaxshiboev esa yakunlangan mavsumning ilk qismini ijara asosida “Energetik-BGU”da o'tkazib, keyin “SHaxtyor” (Soligorsk) bilan chempionat g'olibligini qo'lga kiritgan edi. U Belarusda jami 29 bahsda qatnashib, 18+6 natija ko'rsatan.
“Legiya” Polsha chempionati joriy mavsum 15 turidan keyin 29 ochko to'plagan holda 2-o'rinda bormoqda. Varshavaliklar ECHL 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqichiga chiqish uchun saralash raundidan o'ta olmagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar