

Bizga ma'lum bo'lishicha, tomonlar ushbu masalada muzokara olib bormoqda.
“Legiya” Polshaning o'tgan mavsum chempioni hisoblanadi.
Yaxshiboev esa yakunlangan mavsumning ilk qismini ijara asosida “Energetik-BGU”da o'tkazib, keyin “Shaxtyor” (Soligorsk) bilan chempionat g'olibligini qo'lga kiritgan edi. U Belarusda jami 29 bahsda qatnashib, 18+6 natija ko'rsatan.
“Legiya” Polsha chempionati joriy mavsum 15 turidan keyin 29 ochko to'plagan holda 2-o'rinda bormoqda. Varshavaliklar YCHL 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqichiga chiqish uchun saralash raundidan o'ta olmagandi.



