Eshitdik-da: JCH saralash uchinchi bosqich o'yinlari martgacha qoldiriladi
03 iyu 2021 13:18
Yangiliklar
Eshitdik-da: JCH saralash uchinchi bosqich o'yinlari martgacha qoldiriladi
Xabaringiz bor, 1 iyul kuni Osiyo mintaqasida jahon chempionati saralash uchinchi raund bahslariga qura tashlandi.
Qura natijalalariga ko'ra, 12 jamoa oltitadan ikki guruhga bo'lindi.
"A" guruhi: Eron, Janubiy Koreya, BAA, Iroq, Suriya, Livan.
"B" guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Ummon, Vetnam.
Taqvimga ko'ra, saralash o'yinlari shu yilning 2 sentyabrida start olib, 29 martgacha davom etishi kerak. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab OFK uy-mehmon tizimida barcha uchrashuvlarni o'tkaza olmasligi mumkin.
SHu bois bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, saralash bahslari sentyabr oyida boshlanmaydi va martgacha qoldiriladi. Agar shunday bo'lgan taqdirda ikkita guruh o'yinlari ikkita betaraf mamlakatda o'tkaziladi.
Fikrlar