Eshitdik-da! Islomjon Qobilov xorijga ketmasa Toshkentning boshqa klubiga o'tadi
15 dek 2020 22:24
Yangiliklar


Eshitdik-da! Islomjon Qobilov xorijga ketmasa Toshkentning boshqa klubiga o'tadi
O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi himoyachisi Islomjon Qobilov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, 1 yanvar kuni erkin agentga aylanadigan Qobilovga xorij klublaridan takliflar mavjud. Agar himoyachi chet el klubiga ketmasa katta ehtimol bilan Toshkentning boshqa bir jamoasi "Lokomotiv"ga o'tadi.
Malumot uchun, Islomjon Qobilov 2020 yilgi Superligada "Bunyodkor" safida 25ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar