Eshitdik-da! Igor SHkvirin eski jamoasiga qaytishi mumkin
23 may 2017 14:49
Yangiliklar
Eshitdik-da! Igor SHkvirin eski jamoasiga qaytishi mumkin
Oliy liganing oxirgi 6 ta turida g'alaba qozona olmagan "Qizilqum"da bosh murabbiy o'zgarishi mumkin.
Bizga etib kelgan gap-so'zlarga qarganda, bu jamoani Igor SHkvirin qabul qilib olishi kutilmoqda. Hozircha jamoani Hamid Aktamov boshqarib kelyapti.
"Qizilqum" 11-turdan so'ng oliy liga turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Jamoa shu paytgacha faqat ikki o'yinda g'alaba qozongan. Navoiyliklar uyda "Navbahor", safarda "Bunyodkor"ni mag'lub etishdi.
Malumot uchun, 2005-2007 yilgi mavsumlarda SHkvirin aynan shu jamoani boshqargan edi. 2007 yilgi chempionatda "Qizilqum" 7-o'rinni egallagan. SHundan so'ng Igor Anatolevich "Olmaliq"ni qabul qilib olgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar