Eshitdik-da! Futboldan adolat talab qilgan Islombek Ismoilov "Turon"dan ikkinchi bor ketdi
23 noy 2021 10:32
Yangiliklar
Eshitdik-da! Futboldan adolat talab qilgan Islombek Ismoilov "Turon"dan ikkinchi bor ketdi
Yaypanning "Turon" klubini Superligaga olib chiqqan Islombek Ismoilov Navoiyning "Qizilqum" klubiga qarshi o'z maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng klub bosh murabbiyligidan istefoga chiqarilgandi.
Oradan bir oz o'tib murabbiyga U-21 yoshlar jamoasi ishonib topshirildi.
Bizga malum bo'lishicha, hozirda Islombek Ismoilov yoshlar jamoasi bosh murabbiyligidan ham ketgan.
Malumot uchun, “Turon" (U-21) jamoasi 34 ochko bilan musobaqa jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Yoshlar jamoasini so'ngi turda "Andijon"ga qarshi kim bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushishi bo'yicha hozircha malumot mavjud emas.
Eslatib o'tamiz, Ismoilov 14 mart kuni "So'g'diyona" bilan bahsdan keyingi matbuot anjumanida "portlagan" va futboldan adolat talab qilgani bilan ko'pchilikning etiboriga tushgandi.
Fikrlar