So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  13 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Eshitdik-da! Eldor SHomurodov Rostovda qolib ketgan "Bunyodkor-2004" jamoasiga o'z hisobidan yordam berdi Yangiliklar

Eshitdik-da! Eldor SHomurodov Rostovda qolib ketgan "Bunyodkor-2004" jamoasiga o'z hisobidan yordam berdi

16 mart kuni Rossiyaning Krasnodar shahrida ananaviy IX Sergey Igorevich Vaxrushev xotira turniri start olgan edi. Unda Mirkamol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor-2004" ham ishtirok etayotgandi.

Biroq 17 mart kuni Rossiya sport vazirligi mamlakat hududida har qanday xalqaro musobaqalarni o'tkazishni taqiqladi. Xususan, sport vazirligi qaroriga ko'ra, oldinroq rejalashtirilgan va boshlangan musobaqalar ham to'xtatildi. Jumladan, 16 mart kuni start olgan ananaviy IX Sergey Igorevich Vaxrushev xotira turniri ham shu qarorga ko'ra bekor qilindi.

"Bunyodkor-2004" jamoasi bir necha kun davomida Rossiyada qolib ketdi. Jamoa bir muddat Krasnodarda bo'ldi va Rostovga ko'chib o'tdi. Yosh futbolchilar bir necha kun davomida mehmonxonada istiqomat qilishdi. Eshitishimizga qaraganda O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov jamoa azolariga Rostovdan Moskvaga borish chiptalarini o'z hisobidan olib bergan.

Olingan malumotlarga ko'ra, jamoa azolari O'zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgan charter reys orqali Moskvadan O'zbekistonga olib kelingan.

Saytimiz tahririyati nomidan bugungi qiyin davrda chet elda bo'lib turgan hamyurtlarimizga yordam berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: +113   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика