Eshitdik-da! Dostonbek Tursunov Xitoy chempionatiga ko'chib o'tdi
27 fev 2021 17:13
Yangiliklar


Eshitdik-da! Dostonbek Tursunov Xitoy chempionatiga ko'chib o'tdi
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Dostonbek Tursunov 2020 yilning yanvar oyidan beri Janubiy Koreyaning "Busan I'Park" jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
"Championat.asia"ga malum bo'lishicha, 25 yoshli himoyachi yangi mavsumni Xitoyning "CHuncin Lifan" jamoasi safida o'tkazadi. Doston tez orada mazkur klub safiga qo'shiladi.
Malumot uchun, "CHuncin Lifan" Xitoy Superligasining o'tgan mavsumida 6-o'rinni egalladi. Jamoa tarkibida Ferandino, Marsino, Alan Kardek va Marselo Sirino singari braziliyalik legionerla bor. Bundan tashqari, yaqinda jamoa safiga Osiyo maydonlarida etarlicha tajriba to'plagan polshalik Adrien Mierjevskiy ham kelib qo'shilgan edi.
Doston Tursunov faoliyati davomida "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Metallurg" va Yaponiyaning "Renofa Yamaguchi" jamoasida ham to'p tepgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar