Eshitdik-da! "Bunyodkor"da yana bosh murabbiy o'zgardi

Iskandarov Abdulaziz
24 apr 2024, 09:22
Jamoa murabbiylar shtabida bu yil hisobidan uchinchi marotaba shunday ish amalga oshirilmoqda.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Qiziriq" bilan o'yindan so'ng "Bunyodkor"ning norasmiy bosh murabbiyi Anvar G'ofurovga chiqish eshiklari ko'rsatilgan. G'ofurov katta ehtimol bilan klub strukturasida faoliyatini davom ettiradi. Aynan qaysi lavozimdagiligi esa hozircha aniq emas. 

"Qaldirg'ochlar"ni birinchi davra so'nggiga qadar Ilyos Zeytullaev boshqaradi. Murabbiy tez orada rasman tanishtirilishi kutilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia