Eshitdik-da! Belgiya klubi IbrohimHalil Yo'ldoshev bo'yicha "Paxtakor"ga taklif yubordi, biroq...
30 iyu 2021 10:42
Yangiliklar
Eshitdik-da! Belgiya klubi IbrohimHalil Yo'ldoshev bo'yicha "Paxtakor"ga taklif yubordi, biroq...
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi chap qanot himoyachisi IbrohimHalil Yo'ldoshevga Belgiya klubi qiziqmoqda.
Championat.asia sayti malumoti bo'yicha, Belgiya oliy divizioni ishtirokchisi Antverpenning "Beersxot" klubi Yo'ldoshev borasida "Paxtakor"ga rasmiy taklif yuborgan. Biroq futbolchining agentlari Yo'ldoshevni Belgiyaga o'tishiga rozi bo'lishmayapti.
"Beersxot" 1921 yilda tashkil topgan va Antverpendagi "Olimpiya" stadionida uy o'yinlarini o'tkazib keladi.
Fikrlar