Eshitdik-da! Azmun ketsa, "Zenit" eronlik boshqa hujumchini xarid qiladi
01 iyu 2021 13:41
Yangiliklar
Eshitdik-da! Azmun ketsa, "Zenit" eronlik boshqa hujumchini xarid qiladi
Bugungi kunga kelib eronlik futbolchiga Top-5 chempionatlardan ko'plab takliflar bo'lmoqda. Ular orasida "Roma", "Atalanta", "Torino", "Borussiya D" kabi jamoalar ham bor.
Agar Azmun boshqa klubga o'tadigan bo'lsa piterliklar uning hamyurtini olib keladi. "Championat.asia" sayti manbalarining xabar berishicha, "Zenit" Portugaliyaning "Santa Klara" klubiga tegishli fors hujumchisi SHaxriyar Moqanluni olib kelmoqchi. SHaxriyar bugungi kunda 6 oylik ichara asosida Eron chempioni "Persepolis" tarkibida harakat qilmoqda. "Persepolis" uni OCHLda yordam berishi uchun ijaraga olgandi. Aprel oyida Hindistonda bo'lib o'tgan (OCHL "E" guruhi bahslari markazlashgan holda Goa shahrida bo'lib o'tgan) guruh bellashuvlarida Moqanlu jami 4ta gol urgan va bitta golli pas bergan. Unga "Zenit"dan tashqari yana bir rus klubi ham qiziqish bildirmoqda. Uning transfer huquqi "Santa Klara"ga tegishli, futbolchi va klub o'rtasida 3 yillik shartnoma bor. Piterliklar aynan Portugaliya klubiga chiqishgan.
Malumot uchun, 26 yoshli Moqanlu joriy mavsum Eron chempionatida 7ta o'yinda maydonga tushgan va bitta gol urgan.
Fikrlar