Eshitdik-da! Aleksandr Mochinov o'z vazifasidan ozod etildi
17 may 2015 11:43
Yangiliklar

Eshitdik-da! Aleksandr Mochinov o'z vazifasidan ozod etildi
Kecha oliy liga 9-turi doirasida "Buxoro" klubi o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Olgan malumotlarimizga ko'ra, kecha o'yindan so'ng 400 nafarga yaqin buxorolik muxlislar klub bazasiga borishgan va qayd etilayotgan natijaga o'z etirozlarini bildirishgan. O'z navbatida "Buxoro" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov o'z vazifasidan ozod etilgan. Klub tizimida ishlovchi rasmiy mutasaddilarning o'z lavozimida qolish yoki qolmasligi 2 kun ichida malum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Buxoro" joriy mavsumda oliy ligada 9 ta o'yin o'tkazgan va biror marotaba ham g'alaba nashidasini surmagan. Faqatgina ikki bor durang qayd etilgan, qolgan etti uchrashuvda esa buxorolik futbolchilar maydonni mag'lub holda tark etishgan.

Fikrlar