So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

“Ertangi kun sporti”. O'zbekiston - Eron 2:1 Yangiliklar

“Ertangi kun sporti”. O'zbekiston - Eron 2:1

Toshkent shahrida “Ertangi kun sporti” (Sport for tomorrow) nomli futbol festivalining 2-turi yakunlandi.

Dastlabki turda O'zbekiston Turkmaniston ustidan 5:1 hisobida ustun kelgandi. Yaponiya va Eron o'rtasidagi bahsda hisob ochilmagandi - 0:0.

Bugun 2-turning ilk bahsida Yaponiya o'smirlari Turkmanistonni 1:0 hisobida mag'lub etishdi.

Ikkinchi o'yin O'zbekiston va Eron o'rtasida bo'lib o'tdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida forslar hujumchisi chiroyli gol urib hisobni ochdi - 0:1. Birinchi bo'limda O'zbekistonda hisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Biroq javob goli faqat ikkinchi bo'lim boshida urildi.

Rasul Yo'ldoshevning o'ng qanotdan chap oyoqda jarima maydoniga uzatib bergan ajoyib pasidan so'ng Abdunozir Abdurahmonov Eron darvozasiga to'p kiritdi - 1:1.

61-daqiqada Rasul Yo'ldoshevning jarima maydoniga uzatgan to'pini Abdunozir darvozaga yo'lladi, himoyachidan qaytgan to'pni SHuhrat Nematov deyarli bo'sh darvozaga joylab qo'ydi  - 2:1.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida hisob o'zgarmadi va O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ikkinchi g'alabani qo'lga kiritdi.

O'zbekiston U16 - Eron U16 - 2:1

Gollar
: Abdunozir Abdurahmonov 47, SHuhrat Nematov 61 - Namdari 11
 
O'zbekiston U16: 12.Jasurbek Umrzoqov , 3.SHoxzamon Xayrullaev (6.Mardon Abdullaev, 25), 4.Ixtiyor Xoldorov, 7.Oston O'runov, 8.Valeriy Akopov (36.SHuhrat Nematov, 17), 9.Bahrom Soatov, 10.Rasul Yo'ldoshev (23.G'ayrat Azizxo'jaev, 89), 33.Asadbek Sobirjonov (Burxon Hasanov, 72), 16.Alfayzi Nematov (32.Abdunozir Abdurahmonov, 42) (14.Ibrohim G'anixonov, 90) , 5.Abubakir Mo'ydinov, 19.Islom Karimov.

Eron U16: 1.Esmaili, 6.SHariati, 23.Ranjbar, 3.Esmailzoda, 15.Sadegi, 2.Davari, 7.Godarzi, 10.Namdari, 17.Gaderi, 14.Gobeishavi, 5.Muhammadalipur.
Zaxiradan tushganlar: G'ulomzoda, Hussayin Pur, Sardari, Ali Pur, SHarifi.


4 mart kuni musobaqaning so'nggi turi bo'lib o'tadi. O'zbekiston va Yaponiya uchrashuvi g'olibi musobaqa chempioni bo'ladi.

4 mart
11:00 Eron U16 – Turkmaniston U16
15:00 O'zbekiston U16 – Yaponiya U16



Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sentyabr oyida Hindistonda o'tadigan U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Eron va Yaponiyaga ham qita birinchiligiga yo'llanma olgan.


Narzulla Saydullaev


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика