So’nggi yangiliklar

19:11Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  1 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  1 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  13 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  10 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  7 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  7

Ertaga U-23 Osiyo chempionatiga qura tashlanadi Yangiliklar

Ertaga U-23 Osiyo chempionatiga qura tashlanadi

2020 yil 8-26 yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkokda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

SHu munosabat bilan ertaga mazkur musobaqaga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Qura marosimi  Bangkokdagi "Rama Gardens" mehmonxonasida tashkil etiladi. 

Qura mexanizmiga ko'ra, 16 jamoa to'rttadan 4 guruhga bo'linadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi. 

Bilasiz, navbatdagi Olimpiada o'yinlari 2020 yil Tokioda tashkil etiladi. Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqasi uchun Osiyoga mezbon Yaponiyadan tashqari yana uchta o'rin ajratilgan. Agar Yaponiya olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida yarim finalga qadar etib borsa, unda to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa qo'shimcha imtiyozga ega bo'ladi. 

2020 yilgi U-23 Osiyo chempionatida qatnashadigan barcha 16 jamoa nomi malum. Bular - Tailand (mezbon), Qatar, Bahrayn, Iroq, BAA, Iordaniya, O'zbekiston, KXDR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Vetnam, Avstraliya, Eron, Suriya va Saudiya Arabistoni. 

SHuningdek, savatchalar ham aniq. O'zbekiston U-23 terma jamoasi 2018 yilgi musobaqada chempionlikni qo'lga kiritgani bois 1-savatchada bo'ladi. 


1-savatcha: Tailand (mezbon), O'zbekiston, Vetnam, Qatar

2-savatcha: Janubiy Koreya, Iroq, Yaponiya, KXDR

3-savatcha: Xitoy, Avstraliya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni

4-savatcha: Suriya, Eron, BAA, Bahrayn. 


Malumot uchun, OFK Olimpiada o'yinlari uchun alohida saralash o'tkazishdan voz kechib, U-23 Osiyo chempionatini yo'lga qo'ygan.

 


Birinchi musobaqa

U-23 Osiyo chempionati birinchi bor 2014 yil Ummonda o'tkazilgan. Bunda Iroq chempionlikni qo'lga kiritgan, Saudiya Arabistoni esa ikkinchi o'rinni egallagan. 

O'zbekiston terma jamoasi birinchi musobaqada guruh o'yinlarini Iroq, Saudiya Arabistoni va Xitoyga qarshi o'tkazib, faqat Xitoyni mag'lub etgan holda uch ochko bilan guruhdan chiqa olmagan. 


Ikkinchi musobaqa 

Ikkinchi musobaqa 2016 yil Qatarda tashkil etilgan va Olimpiada yo'llanmasi uchun kurash kechgan. Yakunda chempion Yaponiya, ikkinchi o'rin sohibi Janubiy Koreya va uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan Iroq Braziliyada bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olgan. 

O'zbekiston U-23 terma jamoasi bu musobaqada ham guruhda qolib ketgan. Vakillarimiz guruh bahslarini Janubiy Koreya, Iroq va Yamanga qarshi o'tkazib, faqat Yamanni mag'lub etgan holda yana uch ochko bilan chiqa olishmagan.  


Uchinchi musobaqa 

Uchinchi musobaqa o'tgan yilning yanvar oyida Xitoyda tashkil etildi. Bunda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi chempion bo'lganini juda yaxshi bilasiz. Futbolchilarimiz qorli finalda Vetnamni mag'lub etishgandi. Uchinchi o'rinni Qatar qo'lga kiritgan bo'lsa, Janubiy Koreya to'rtinchi o'rin bilan cheklangan. 


To'rtinchi musobaqa

Kelasi yil Tailandda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati hisob bo'yicha to'rtinchisi bo'ladi. Bu musobaqada Olimpiada yo'llanmasi uchun kurash kechishini hisobga olsak, yanada qiziq o'tishiga shubha yo'q. Tabiiyki Lyubinko Drulovich boshqarayotgan terma jamoamiz oldiga Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yiladi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика