Ertaga Suriyaning ikki asosiy hujumchisi o'ynamaydi
10 iyu 2019 18:15
Yangiliklar


Ertaga Suriyaning ikki asosiy hujumchisi o'ynamaydi
Ertaga O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Mazkur bahsda Suriya terma jamoasi hujumchilari Omar Al Soma va Omar Xarbin ishtirok eta olmaydi. "Al Ahli" klubi hujumchisi Al Soma 6 iyun kuni Eron bilan o'yinda ishtirok etdi va akasining to'yi tufayli O'zbekistonga kelmadi.
Xarbin esa yanvar oyidagi Osiyo Kubogidan so'ng hozirga qadar terma jamoaga umuman chaqiruv olmayapti.
Malumot uchun, Xarbin terma jamoada 41ta o'yin o'tkazib 18ta gol urgan, Soma esa 21ta bahsda 8ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar