Ertaga "Qo'qon-1912" "Surxon" bilan o'ynaydi
26 mar 2021 12:30
Yangiliklar
Ertaga "Qo'qon-1912" "Surxon" bilan o'ynaydi
Coca Cola Superligasining navbatdagi, 4-tur uchrashuvini “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'tkazadigan “Qo'qon-1912” jamoasi azolari, Toshkent shahrida o'z mashg'ulotlarini davom ettirishmoqda.
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi futbolchilar kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etishyapti.
Ertaga “shunqorlar” o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Futbolchilarning o'yin amaliyotlarini ushlab turish maqsadida murabbiylar shtabi o'rtoqlik o'yini o'tkazishni maqul deb topishdi. Ertangi o'yinda Termizning “Surxon” jamoasi qo'qonliklarga raqib bo'ladi. Yodingizda bo'lsa Superliganing Termizda bo'lib o'tgan 3-tur o'yinida “Surxon” hamda “Qo'qon-1912” jamoalari o'zaro murosa ko'chasini tanlashgan edi - 1:1.
“Qo'qon-1912” va “Surxon” jamoalari o'rtasidagi bahs ertaga, 27 mart kuni soat 12:00da Toshkentdagi “NBU” stadionida boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar