Ertaga "Qo'qon-1912" "So'g'diyona" bilan o'ynaydi
10 fev 2021 14:59
Yangiliklar


Ertaga "Qo'qon-1912" "So'g'diyona" bilan o'ynaydi
“SHunqorlar” kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishmoqda. Kecha kunning birinchi yarmidagi mashg'ulotlarda futbolchilarning jismoniy xolatlarini yaxshilashga etibor qaratildi. Tushdan keyingi mashg'ulotlarda esa futbolchilarning tezkor fikrlashlari hamda to'p bilan ishlashga ko'proq etibor qaratildi. Mashg'ulotlar juda qiziqarli tarzda va yuqori kayfiyatda bo'lib o'tmoqda. Barcha futbolchilar mashg'ulotlarda astoydil ter to'kishmoqda. Faqat Suhrob Berdiev shifokor nazorati ostida alohida mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari ertaga , Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. “Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi nazorat o'yini , 11 fevral kuni, Toshkentdagi “To'qimachi” stadionida, soat 12:00da boshlanishi reja qilingan.
Quyida kechagi mashg'ulotlardan olingan suratlarni tomosha qiling:
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar