Ertaga O'zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsi oldidan rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi
12 noy 2019 12:44
Yangiliklar


Ertaga O'zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsi oldidan rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.
Ertaga, 13 noyabr kuni mazkur o'yin oldidan matbuot anjumani hamda rasmiy mashg'ulotlar bo'lib o'tadi. Dastavval, soat 16:30da Saudiya Arabistoni terma jamoasi murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 17:00da esa Saudiyalik futbolchilar “Paxtakor” stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.
So'ngra soat 17:30da “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Vadim Abramov jurnalistlarning o'yin oldi savollariga javob qaytaradi. Milliy jamoamizning rasmiy mashg'uloti esa soat 18:15da bo'lib o'tadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.
O’xshash yangiliklar
11:48
"Al Ittihod"ning asosiy transfer maqsadi aniq: Klub APL yulduzi uchun 120 mln evro to'lamoqchi 0

Fikrlar