Ertaga Olmaliqda katta bayram bo'ladi
08 noy 2018 19:41
Yangiliklar
Ertaga Olmaliqda katta bayram bo'ladi
Xabaringiz bor, AGMK klubi 2018 yilgi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi.
SHu munosabat bilan ertaga, 9 noyabr kuni Olmaliq shahrida katta bayram tadbiri va taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Bayram soat 14:00da boshlanadi.
Soat 18:00da Superliga doirasidagi AGMK - "Qo'qon-1912" uchrashuvi boshlanadi.
AGMK klubi ushbu bayram tadbiri va futbol uchrashuvini yoritishni maqsad qilgan jurnalistlarga qulaylik yaratish maqsadida ular uchun Toshkent-Olmaliq-Toshkent yo'nalishida avtobus ajratdi. Avtobus 9 noyabr kuni soat 10:30da Toshkentdagi "O'zbekiston" mehmonxonasi oldidan jo'naydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar