So’nggi yangiliklar

09:46Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди  0 09:18Юрген Клопп Германияда янги лига ташкил этиш устида ишламоқда  0 08:39Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  80 08:15Анталия–2026: "Локомотив"нинг назорат учрашувларидаги рақиблари маълум  0 07:51Бугун Суперлигага қуръа ташланади  8 02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  1 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  6 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  5 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  1 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0

Ertaga Igor SHkvirin "Dnepr" safida maydonga tushadi Yangiliklar

Ertaga Igor SHkvirin "Dnepr" safida maydonga tushadi

O'zbekistonlik sobiq futbolchi, hozirgi kunda murabbiy bo'lib ishlayotgan Igor SHkvirin Ukrainaga uchib ketdi.

19 aprel kuni Dnepr shahridagi "Meteor" stadionida ukrainalik sobiq futbolchi, Olimpiada chempioni Vadim Tishenkoning xotira o'yini bo'lib o'tadi. O'tgan yil vafot etgan Tishenkoning do'stlari yig'ilib xayriya uchrashuvi o'tkazishadi. Unda "Dnepr" klubining 1980 yillardagi tarkibi 1990-2000 yillardagi tarkibiga qarshi maydonga tushadi. Bundan tashqari sobiq futbolchi sharafiga yasalgan maxsus haykalning ham ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Ertangi bahsda Dnepr safida turli yillarda o'ynagan Sergey Krakovskiy, Valeriy Gorodov, Oleg Taran, Aleksey CHerednik, Evgeniy SHaxov, Aleksandr Rikun, Andrey Polunin, Yuriy Maksimov, Oleg SHelaev, Sergey Konovalov, Valentin Moskvin, Sergey Nazarenko, Ruslan Rotan va Igor SHkvirin kabi futbolchilar ishtirok etishadi.

Bundan tashqari boshqa klublarda o'ynagan Aleksey Mixaylichenko, Vladimir Bessonov, Oleg Kuznecov, Vasiliy Rac va Gennadiy Orbu kabi o'yinchilar ham bahsga taklif etilishgan.

Malumot uchun, Igor SHkvirin Vadim Tishenko bilan qalin do'st bo'lgan. 1986 yilda SHkvirin va Tishenko Lvovning "SKA Karpati" klubida o'ynashgan. 1988 yilda esa ikkala futbolchi birgalikda "Dnepr" safida Sobiq Ittifoq chempioni bo'lishgandi.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика