Ertaga Coca Cola Superliga va PRO-liga hakamlari ishtirokida navbatdagi seminar o'tkaziladi
19 avg 2019 14:03
Yangiliklar
Ertaga Coca Cola Superliga va PRO-liga hakamlari ishtirokida navbatdagi seminar o'tkaziladi
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hakamlarning malakasini oshirish, hakamlar tomonidan o'yinlarni boshqarishda halollik va shaffoflikni taminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Coca Cola Superliga va PRO-liga tur uchrashuvlaridan so'ng O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil qilinib, ortda qolgan tur o'yinlarida ishlagan hakamlar faoliyati turli videolavhalar yordamida o'rganib chiqiladi va yo'l qo'yilgan xato-kamchiliklar tahlil qilinadi.
Mazkur seminarga yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalari vakillarini ham taklif etamiz.
OAV vakillari ertaga, 20 avgust kuni soat 10:00 da O'FA Majlislar zaliga tashrif buyurib navbatdagi seminarning ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar