Ertaga "Buxoro" "Metallurg" bilan o'ynaydi
05 fev 2016 18:31
Yangiliklar


Ertaga "Buxoro" "Metallurg" bilan o'ynaydi
Bugun 4-bosqich yig'inlarning ikkinchi kuni. Ushbu bosqichda “Buxoro” 7-8 ta nazorat uchrashuvi o'tkazib olishni rejalashtirmoqda.
Bugungi kunga kelib dastlabki ikki sparring-raqibning nomi malum bo'lib ulgardi.
Ertaga, 6 fevral kuni “Buxoro” Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Uchrashuvi “Bunyodkor” stadionida soat 11:30da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, jamoamiz 3chi yig'inda ushbu raqib bilan bir marta nazorat uchrashuvini o'tkazgan edi. O'sha uchrashuvda buxoroliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan edilar.
“Buxoro” ikkinchi nazorat uchrashuvini Jizzaxning “So'g'diyona “jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bu uchrashuvi 8 fevral kuniga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar